Jahon | 09:21 / 30.06.2023
3768
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Oliy sudi universitetlarga abituriyentlar irqini hisobga olishni taqiqladi

AQSh Oliy sudi universitetlarga talabalarni qabul qilishda irqni hisobga olishni amalda taqiqladi. 

Foto: Reuters

AQSh Oliy sudi 29 iyun, payshanba kuni mamlakat oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida irqiy xilma-xillikni saqlash maqsadida universitetlar rahbariyati abituriyentlar irqini hisobga olish huquqiga ega bo‘lgan harakatni konstitutsiyaga zid deb topdi.

Sud Harvard va Shimoliy Karolina universiteti talabalarining ikkita ishida shunday qaror qabul qilgan. Sudga da’vo qilgan «Halol qabul uchun talabalar» tashkiloti universitetga kirishda abituriyentning irqi e’tiborga olinmasligi kerakligini ta’kidlab, universitetlarni osiyolik amerikaliklarni kamsitishda aybladi. 

Oliy sud o‘z qarorida universitetlarga talabalarni qabul qilishda irqiy omillardan foydalanishni amalda taqiqladi. Bloomberg buni AQSh oliy ta’lim tizimida «yangi davr» deb atadi. Hakamlarning ovozlari Shimoliy Karolina universiteti ishida 6 - 3, Harvard ishi bo‘yicha 6 - 2 ga teng bo‘ldi. Bloomberg ta’kidlashicha, AQShning ko‘pgina nufuzli universitetlari qabul qilishda irqni hisobga oladi, ammo to‘qqiz shtat, jumladan Kaliforniya va Florida davlat muassasalarida bunday amaliyotni taqiqlaydi. 

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z nutqida Oliy sud qarorini tanqid qilib, uni AQSh qadriyatlariga zid deb atadi. «Bizning kollejlarimiz irqiy xilma-xil bo‘lsa, kuchliroq bo‘lishiga ishonaman. Bizning xalqimiz kuchliroq, mamlakatda barcha iste’dodlardan foydalanamiz», dedi u. 

«Bu uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan pretsedentni bekor qiladi va kam ta’minlangan talabalarga o‘zlarining to‘liq potensiallariga erishishga yordam beradigan imkoniyatlardan foydalanishni qiyinlashtiradi», dedi AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid