AQŞ Moliya vazirligi 14-sentabr kuni eʼlon qilgan maʼlumotga köra, Rossiyaning VTB banki Eron bilan boğliq sanksiyalar doirasidagi röyxatga kiritilgan.
Amerika tomoni sanksiyalarga VTBning Eronga nisbatan joriy etilgan çeklovlarni çetlab ötişga qaratilgan moliyaviy operatsiyalarda iştirok etganini sabab qilib körsatgan.
AQŞ Moliya vazirligi maʼlumotlariga köra, VTB Eronda öz vakolatxonalarini oçgan, sanksiya ostidagi Eron banklari bilan hisob-kitoblarni amalga oşirgan hamda muzlatilgan Eron aktivlarining milliardlab dollar miqdoridagi qismini köçiriş bilan boğliq operatsiyalarda iştirok etgan.
Şuningdek, bank Rossiya va Eron örtasidagi savdoni kengaytiriş maqsadida milliy valyutalarda hisob-kitob qiliş tizimini yölga qöygani aytilmoqda. Uşbu mexanizm Eron riali va Rossiya rublida oçilgan korrespondentlik hisobvaraqlari orqali operatsiyalarni amalga oşiriş imkonini bergan.
VTB avval ham AQŞ sanksiyalariga duç kelgan. 2014-yil iyulida Qrimning Rossiya tomonidan qöşib olinişi ortidan bankka nisbatan sektoral sanksiyalar joriy etilgan edi.
2022-yil fevralida Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganidan keyin Vaşington VTBga nisbatan bloklovçi sanksiyalar kiritgan.
Endi esa bank Eron bilan moliyaviy hamkorlik va Tehronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötişga kömaklaşiş bilan boğliq asoslar böyiça ham AQŞ sanksiyalar röyxatiga kiritildi.












