Parijdagi juma kuni Totuvlik maydonida namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvi. Foto: Amir Al-Xalbiy / Getty Images

Fransiyadagi norozilik namoyishlari to‘rt kundirki tinmayapti, garchi mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanin shanba kuni ertalab jurnalistlarga namoyishlar «biroz pastroq intensivlik»da o‘tganini ta’kidlagan bo‘lsa-da. Juma kuni hibsga olingan namoyishchilar soni 467 nafarni tashkil etib, ularning umumiy soni 1000 nafardan oshgan.

G‘alayon Fransiyaning dengiz ortidagi hududlariga ham ko‘chgan. Janubiy Amerikada joylashgan Fransiya Gvianasida bir erkak poytaxt Kayyyenadagi o‘z uyi balkonida turib ko‘chadagi namoyishlarni kuzatib turganida daydi o‘q tegishidan o‘lgan, deyiladi Assambleya raisi Garbriel Servillning bayonotida.

Avvalroq Servill Parij yaqinida otilgan o‘smir yigitchaning «fojiali» o‘limi tufayli kelib chiqqan «hissiyotlarni tushunib turgani»ni aytib, xotirjamlikka chaqirgan edi, deb yozadi The Washington Post nashri.

To‘rt kundan buyon davom etayotgan tartibsizliklar davomida shahar idoralariga o‘t qo‘yilgan, do‘konlar talangan, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Fransiya prezidenti o‘zining Bryusselga tashrifini bekor qilib, taranglikni susaytirishga doir choralarni muhokama qilish uchun Parijdagi Yelisey saroyida vazirlar mahkamasining shoshilinch yig‘ilishini chaqirgan.

Tanazzulning kuchayishi — jahon sahnasidagi ambitsiyalari o‘z uyidagi qiyinchiliklar bilan murakkab ahvolga solib qo‘yilgan Makrondek yetakchi uchun sinov. Fransiya uchun bu og‘riqli tovon lahzalari, chunki bolaning o‘ldirilishi irq, tenglik va politsiya faoliyati borasida kuchli bahslarni keltirib chiqarmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.

Ayrimlar Makrondan Fransiya politsiyasining hokimiyatini cheklashni talab qilmrqda. «Agar ular tartibsizliklar yanada avj olishini istashmasa, nimadir qilishlari kerak», — degan Parijda yashayotgan 26 yashar dasturchi-muhandis Gotiye Enon. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya shaharchalarida yashayotgan aholining «butun bir guruhlari»ga quloq solinmayapti.