UzAuto Motors kompaniyasi Asakadagi zavodda işlab çiqariş liniyalari işini vaqtinça töxtatadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qayt etilişiça, Janubiy Koreya va boşqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda zavodning işlab çiqariş liniyalarini modernizatsiya qiliş reja qilinmoqda.

“Uşbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik işlab çiqariş hajmini qöşimça 30 ming donaga oşiriş imkonini beradi”, deyiladi UzAuto Motors xabarida. 

Mazkur işlar oldindan rejalaştirilgani va iste’molçilarga avtomobillarni yetkazib beriş jadvaliga ta’sir qilmasligi va’da qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, 2022 yilning dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuziş töxtatilgandi. Bu modellarga şartnoma beriş qaçon boşlanişi haligaça noaniq bölib qolmoqda.