Özbekistonda kambağallik darajasi rasman minimal iste’mol xarajatlari (MIX) bilan ölçanadi.
MIXni aniqlaş tartibi 2021 yil 27 avgustdagi hukumat qarorida belgilangan. Unga köra, Statistika agentligi minimal iste’mol xarajatlari va kambağallik darajasini hisobot yilidagi inflatsiya darajasidan kelib çiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib borişi kerak.
Ammo belgilangan muddatdan 5 oy ötib ketgan bölsa-da, 2023 yilda kambağallik çegarasi hali yangilanmadi. Statistika agentligi mas’ullari Kun.uz muxbirining bu haqdagi savoliga javob berdi.
Agentlik boşqarma boşliği Odiljon Mamadaliyevning aytişiça, 2023 yilda minimal iste’mol xarajatini e’lon qiliş statistika dasturiga asosan iyul oyiga belgilangan.
“Minimal iste’mol xarajati ilk bor e’lon qilinganda 2021 yilda VMning 544-son qarori bilan muddat yanvar oyi etib belgilangandi. Ijro muddati sönggi qabul qilingan hujjatga asosan belgilanadi. 2023 yil statistika dasturimizda [MIXni e’lon qiliş] iyul oyi etib belgilangan, şu muddatdan keçikmasdan amalga oşiramiz”, – dedi u.
Ma’lum bölişiça, respublika miqyosidagi 14 ta hudud aholisi böyiça minimal iste’mol xarajatlari qiymatini e’lon qilişning 2023 yil uçun muddati Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 fevralda qabul qilingan “2023 yil uçun statistika dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida belgilangan.
Bu qarorga asosan, kambağallik darajasi ham iyul oyida e’lon qilinişi közda tutilgan.
Aholi turmuş darajasi va kuzatuvlari statistikasi boşqarmasi boşliği örinbosari Rahmatjon Örozboyevning sözlariga köra, 2021 yilda butun respublika böyiça 10 000 uy xöjaligi örtasida kuzatuvlar ötkazilgan bölsa, joriy yilda 14 mingda xöjalikda kuzatuvlar amalga oşirilgan.
“Ötgan yili kuzatuvlar natijasida 80 dan ortiq oziq-ovqat va 100 dan ortiq xizmatlarning statistika ma’lumotlari yiğilgandi.
2022 yilgi statistika dasturiga asosan Jahon banki, XVJ ekspertlari taklifiga binoan 14 mingdan ortiq uy xöjaligi örtasida sörov ötkazildi. Bunda oziq-ovqatlar soni 159 taga, nooziq-ovqatlar va xizmatlar 413 taga yetkazildi. Hozirgi kunda hisob-kitoblar amalga oşirib bölindi”, – dedi u.
Mas’ullarning qöşimça qilişiça, ma’lumotlarni avvalgi yillarga soliştiriş jarayoni biroz vaqt oladi. Şu sababli bu yil kambağallik çegarasini e’lon qiliş iyulga belgilangan.












