Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor ötkazmoqda. Unda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça 2023 yil uçun rejalar muhokama qilinyapti.

Davlat rahbari kambağallikni qisqartiriş milliy siyosat darajasiga olib çiqilganini ta’kidladi.

“Natijada ötgan yilning özida kambağallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tuşgani, bunda hokim yordamçilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga öqitib, tadbirkorligini boşlaşga kömaklaşgani, daromadli iş bilan band qilgani muhim omil bölgani qayd etildi.

Şu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yekti taşkil qilindi, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirildi, 11 mingta korxona quvvati tiklandi”, – deyiladi rasmiy relizda.

Bu işlarni 2023 yilda davom ettiriş, bandlikni ta’minlaş böyiça barça tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topşiriqlar berilgan.

Jumladan, 2023 yilda 5 million nafar aholi bandligini ta’minlaş, şu jumladan 2 millionta doimiy iş örinlarini yaratiş zarurligi körsatib ötilgan.

Ma’lumot uçun: Özbekistonda kambağallik çegarasi deb belgilangan minimal iste’mol xarajatlari 1 kişi uçun oyiga 498 ming söm deb belgilangan.

Misol sifatida aytilişiça, Andijon viloyati joriy yilda investitsiya loyihalari hisobiga 40 mingta, paxta va ğalladan böşagan yerlarni aholiga bölib beriş hisobiga 75 mingta va mavsumiy işlar orqali 200 mingta, mahallalarda mikromarkazlar taşkil etiş, sanoat zonalarida işlab çiqarişni kengaytiriş va markaziy köçalarni xizmatlarga ixtisoslaştiriş, savdo-servis obektlarini barpo etiş hisobidan 135 mingta; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar hisobidan 20 mingta iş örinlari yaratişni reja qilgan.

Yoki, Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida kartoşkaçilikni yölga qöyib, 10 ming aholini daromadli iş bilan ta’minlaş, boğlarning suğoriş tizimini tiklaş hisobiga 2 ming, Kökdalada tarvuz ekişni yölga qöyib, 32 ming, Mirişkorda dala çetlariga tut ektiriş hisobiga pillaçilikda qöşimça 6 ming aholini daromadli qiliş rejalaştirilgan. 

“Qolgan viloyatlar-çi? Bu borada hududlarning dasturlari bilan birma-bir tanişib çiqdim. Oçiq aytiş kerak, ayrim viloyat, tuman va şahar hokimlari masalaning içiga kirmagan”, – dedi prezident.