2023 yil 3 iyul kuni prezidentning «Özbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba’zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan prezidentning 2020 yil 6 noyabrdagi «Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora tadbirlari töğrisida»gi farmoniga özgartiriş kiritildi.
Unga köra, majburiy 11 yillik ta’limning sönggi 6 yillik baholari örtaça körsatkiçini oliy ta’lim taşkilotiga kiriş imtihonlarida inobatga oliş 2 yilga keçiktirildi.
Joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning sönggi 6 yillik baholari oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida inobatga olinmaydi.













