3 iyul kuni prezident “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorini imzoladi. Unda körsatilgan eng muhim özgarişlardan biri 2024/2025 öquv yilidan abituriyentlar kiriş imtihonlarida iştirok etib, keyin yönaliş tanlaydi. Yangi tartibning abituriyentga beradigan afzalligi haqida Bilim va malakalarni baholaş agentligi bölim boşliği Hasan Sobirov tuşuntiriş berdi.

“2019 yildan boşlab abituriyentlarga bir neçta ta’lim yönalişlarini tanlaş imkoniyati berilgandi. Ötgan yildan esa ta’lim yönalişlarini turli ta’lim şakllarida (kunduzgi, keçki kabi) tanlaş imkoni taqdim etildi. Bu öz samarasini körsatib, bilim darajasi yuqoriroq bölgan abituriyentlarni qamrab oliş imkoniyatini berdi. Endilikda abituriyentning öqişga kiriş imkoniyatini oşiriş uçun test javoblari çiqqandan keyin tanlov imkoniyati taqdim etiladi”, – deydi agentlik mutaxassisi.

Uning izohiça, bunda abituriyentlar tanlagan sohasi böyiça fanlardan imtihondan ötadi va töplagan ballariga qarab ta’lim yönalişini tanlaş imkoniyati beriladi. Ya’ni OTMga kiriş imkoniyati oşiriladi. Deylik, abituriyent ingliz tili ta’lim yönalişi böyiça imtihon topşirdi va uning töplagan balli yetarli bölmadi. Bunday holatda abituriyent test topşirgan fanlari töğri keladigan va töplagan balli yetadigan boşqa yönalişda öqiş imkoniyatiga ega böladi.

“Hali buning batafsil mexanizm va tartiblari işlab çiqiladi. Kvotalar masalasi ham bor. Teng ballilar köpayib ketişi mumkin bu vaziyatda, lekin qaysidir ta’lim yönalişida talabalar soni köpayib ketmaydi”, – dedi Sobirov.

Yana bir jihat abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yönalişi” ustuvorliklaridan birini tanlaş va tanlagan ustuvorligi böyiça bakalavriat ta’lim yönalişlari ketma-ketligida tanlovda iştirok etiş huquqi berilişi böldi. Bu tartib ötgan öquv yili sinov tariqasida ötgan bölsa, endilikda har yilgi qabulda saqlanib qoladi.

“Grant ustuvorligi tanlanganda, grantga tavsiya etiş uçun ketma-ketlikdagi 5ta tanlangan joy köriladi. Agar 5 tasida ham grant uçun ball yetarli bölmasa, undan keyin xuddi şu tartibda tölov kontrakti asosida öqişga tavsiya etiş böyiça köriladi. Ya’ni çeklov yöq, faqat ustuvorlikni tanlaş imkoni beriladi. Masalan, abituriyent tanlagan birinçi ta’lim yönalişida kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilyapti, ikkinçisida esa uning balli grant uçun yetarli. Şunday holatda abituriyent grant ustuvorligini tanlagan bölsa, u ikkinçisi yo qolgan boşqa yönalişlarda grant asosida tavsiya etiladi