Rossiyalik avtomobil dilerlari Chevrolet Damas avtomobilini mamlakatga olib kirib, sotuv jarayonini taşkil qilgan bölişi mumkin. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2023 yilda işlab çiqarilgan Chevrolet Damas Rossiya bozorida 994 900 rubldan (taxminan 11 ming dollar ekvivalentida) sotilmoqda. Avtomobillar Özbekiston va Qozoğistonda yiğilgan.

Ötgan yilning fevral oyida Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirişi fonida AQŞning General Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga öz brendlaridagi avtomobillarni yetkazib berişni töxtatgandi.

2022 yilning mart oyidan UzAuto Motors ham Rossiyaga avtomobil eksportini töxtatdi. Eurasianet buni kompaniyaga yarimötkazgiçlar va mikroçiplar yetkazib beruvçi Janubiy Koreya Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalarga qöşilgani bilan boğliqligini keltirib ötgandi.

Öz navbatida, GM Eurasianet söroviga javoban, Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar UzAuto tomonidan Rossiyaga yetkazib berilişi 2022 yilning 9 martidan töxtatilganini tasdiqlagandi.

Şunday bölsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, bir qança markadagi Chevrolet modellari 2022 yil davomida “parallel import” sxemalari asosida Rossiyaga yetkazilgan va sotilgan bölişi mumkin.

UzAuto Motors Özbekistonda sotuvda yöq avtomobillarni eng köp işlab çiqarmoqda

Statistika agentligining hisobotida keltirilişiça, UzAuto Motors 2023 yilning yanvar-may oylarida 120 631 dona yengil avtomobil işlab çiqargan. E’tiborga molik jihati, ötgan 5 oy davomida 39 264 dona Cobalt, 27 961 dona Lacetti-Gentra, 26 815 dona Damas işlab çiqarilgan. Bu – umumiy işlab çiqarilgan avtomobillarning 78 foizini taşkil qiladi.