UzAuto Motors kompaniyasi Rossiyaga avtomobil eksportini töxtatdi. Eurasianet xabariga köra, bu – kompaniyaga yarimötkazgiçlar va mikroçiplar yetkazib beruvçi Janubiy Koreya Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalarga qöşilgani bilan boğliq.
“Agar UzAuto öz mahsulotlarini Rossiyaga jönatişda davom etganida, Andijon yaqinidagi zavodga butlovçi qismlar ta’minoti muzlatib qöyilişi mumkin edi”, deyiladi xabarda.
Naşr boğlangan UzAuto vakili avtomobillarni Rossiyaga yetkazib beriş töxtatilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan, biroq inkor ham etmagan.
Öz navbatida, AQŞning General Motors kompaniyasi, Eurasianet söroviga javoban, Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar UzAuto tomonidan Rossiyaga yetkazib berilişi 9 martdan töxtatilganini tasdiqlagan.
Şundan söng naşr UzAuto bilan takroran boğlangan, kompaniya bu safar logistika uçun Rossiya portlaridan foydalanişni töxtatganini tan olgan, biroq Rossiyaga avtomobil sotuvi masalasini muhokama qilişni rad etgan.
Ma’lumot uçun, 2021 yilda Özbekistonda 236 667 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan bölib, şundan 28 952 donasi xorijga eksport qilingan. Eksportning 1,6 foizi Rossiya hissasiga töğri kelgan.
Özbekiston 2021 yilda yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
- Qozoğiston – 26 970 ta
- Ukraina – 929 ta
- Rossiya – 456 ta
- Ozarboyjon – 277 ta
- Afğoniston – 128 ta
- Qirğiziston – 94 ta
- Tojikiston – 88 ta
Eslatib ötamiz, fevral oyida prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan yiğilişda avtomobillarni köproq içki bozorga yönaltiriş topşiriği berilgandi. Şuningdek, 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni töliq bartaraf etiş vazifasi ham yuklatilgandi.
Telegram'dagi UzAvtoSavdo boti ma’lumotlariga köra, 6 aprel holatiga Lacetti (38 874 dona), Sobalt (18 790 dona) va Damas (3974 dona) avtomobillariga navbatlar saqlanib qolmoqda.













