Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim muassasalarida yoshlarda vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida mardlik, jasorat, oila, mahalla va vatanga muhabbat tuyg‘ularini yoshlar orasida keng ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning haftaning har payshanba kuni ta’lim muassasalarining bo‘sh hududlarida “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida yoshlar orasida vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Belgilanishicha:
a) yoshlarni vatanga sodiqlik va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida Qurolli kuchlar faxriylari ishtirokidagi mahorat darslari Mudofaa vazirligi;
b) yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, turli xil yot g‘oyalar ta’siri va oqimlarga qarshi tura oladigan, axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish borasidagi mahorat darslari Ichki ishlar vazirligi;
v) vatan sha’nini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarash va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tayyorlash, ularni sportga jalb qilish orqali sog‘lom ruhda tarbiyalanishini tashkil etish, jumladan qo‘l jangi, kamondan otish, ot sporti kabi sport turlari bo‘yicha mahorat darslari Milliy gvardiya tomonidan tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yilning 1 sentabriga qadar “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida ta’lim muassasalarining bo‘sh hududlarida mahorat darslarini o‘quv jarayonlariga xalaqit qilmagan holda haftaning har payshanba kuni o‘tkazish uchun Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi uchun yetarli shart-sharoit yaratib beradi.
Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida o‘tkaziladigan mahorat darslariga mahalladagi barcha yoshlar qatnashishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026