Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi.

Unga köra, 1 iyul holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 33,72 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu – joriy yil boşidan buyon qayd etilgan minimum körsatkiç.

Zaxiralar ötgan oyga nisbatan deyarli 650 mln dollarga, sönggi 3 oyda esa 1,68 mlrd dollarga kamaydi.

Valutadagi zaxiralar

Rasmiy zaxiralarning qisqarişi asosan valutadagi aktivlar kamayişi bilan boğliq. Xorijiy valutadagi aktivlar miqdori ötgan oyga nisbatan 514 mln dollarga kamayib, 9 mlrd 576 mln dollarni taşkil qildi.

Spot naşrining e’tibor qaratişiça, Özbekistonning valutadagi aktivlari miqdori statistik ma’lumotlar e’lon qilina boşlagan 2018 yildan keyingi davrda heç qaçon hozirgiçalik past bölmagan.

Ötgan oyda Özbekiston Markaziy bankining boşqa davlatlar markaziy banklari va Xalqaro valuta jamğarmasidagi naqd valuta va depozitlari hajmi bir oy içida 2,5 barobardan köproqqa kamayib, 1,4 mlrd dollardan 565,5 mln dollarga tuşgan. Şu bilan birga, xorijdagi banklarda saqlanayotgan zaxira valutalar miqdori iyun oyi davomida 8,7 mlrd dollardan 9,0 mlrd dollarga yetgan.

Oltin zaxiralari

Iyun oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati biroz kamaydi. Zaxiralarning oltin qismi 23,08 mlrd dollarni taşkil qildi – bu ötgan oyga nisbatan 137 mln dollarga kam.

Ammo oltinning sof fizik hajmi 11,9 mln troya unsiya (370 tonna)dan 12,1 mln troya unsiya (376,2 tonna)ga köpaygan.

World Gold Counsil ma’lumotlariga köra, may oyida Özbekiston dunyoning ikkinçi yirik oltin sotivçisi bölgan. Ma’lumotlarga köra, mayda Özbekiston Markaziy banki 11 tonna oltin sotgan. Turkiya 63 tonna oltin sotib birinçi, Özbekiston esa ikkinçi yirik oltin sotuvçiga aylangan.

Ma’lumot uçun, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari tölov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etiş, inflatsiyani uşlab turiş, milliy valutani moliya bozorida qöllab-quvvatlaş uçun valuta sotib oliş davlatning taşqi qarzlarini tölaş va davlatlar örtasidagi hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun işlatiladi.