Maxsus kuçlar otryadi xodimlari tovlamaçilar guruhini qölga oliş böyiça operatsiya ötkazmoqda, 1993 yil
Foto: «RIA Novosti»

Rossiyada jinoyatçilik va tödalar SSSR qulamasdanoq, 1980 yillarning oxiridan keskin kuçaya boşladi. Ular ba’zida turli etnik qatlamlarni birlaştirgan ham edi.

“Orexovskaya” jinoiy tödasi

Uşbu töda öz nomini Moskvadagi Orexovo-Borisovo turar joy massividan olgan, çunki a’zolarning köpçiligi şu hududda istiqomat qilardi. 

Tödaga tamal toşi 80 yillar örtalaridan qöyildi va 1988 yilda uzil-kesil taşkil topdi. Ular orasida sobiq sportçilar ham bor bölib, töda nafaqat Orexovo-Borisovo tumani, balki janub va janubi ğarbni nazorat qilardi. 

Guruhga Novgorod viloyatidan çiqqan oddiy traktorçi Sergey Timofeyev (uni amerikalik Stallonega mengzab, Silvestr deb çaqirişardi) boşçilik qilardi, u Kavkaz jinoiy klanlariga qarşi kuraşib şuhrat topgandi. 

Timofeyev öz navbatida boşqa jinoyatçilar — Andrey Isayev, Vyaçeslav Ivankov (Yaponçik laqabi bilan maşhur bölgan) yaqin aloqada bölgan. Töda dastlab uzoq masofalarga qatnovçi yuk taşuvçilarni tunab, pul topgan. 1989 yilda Timofeyev talonçilikda ayblanib qamaladi, ammo tezda qamoqdan çiqib keladi. 90 yillarda guruh bank sohasiga kira boşlaydi. Söngra, qimmatbaho toş va metallar savdosi, avtomobil öğirlaş kabi “hunarlar” çiqadi. 

Bu orada Timofeyev Isroil fuqaroligini oladi va boyliklarini xorijiy banklarga ötkazib, noqonuniy boyliklarning bir qismini legallaştirişga ham muvaffaq böladi. 

1994 yilga kelib “Orexovskaya” guruhi Moskvadagi barça slavyan tödalarining eng kuçlisiga aylanadi. Ammo bu ğoliblik uzoq davom etmadi. 1994 yil sentabrda Timofeyev bölgan Mercedes-Benz portlatib yuborildi va tödaboşi ölim topdi. Timofeyevdan keyin uning bandasi turli qismlarga bölinib ketdi. 

Tödalarning mayda bölaklari turli yillarda qamoqqa olindi yoki yöq qilindi. Xususan, sönggilaridan biri Andrey Şarapov 2020 yil 8 iyulda beş odamning ölimida aybdor deb topilib, 15 yil muddatga hibsga hukm qilindi.

“Baumanskaya” jinoiy tödasi