Rublning kursi bir oydan ziyod vaqt — 26 maydan buyon töxtovsiz pasayib bormoqda. Ekspertlar asosiy sabab sifatida savdo balansi bilan boğliq muammolarni körsatişmoqda.

Rossiya — eksportçi davlat hisoblanadi. Şu sababli sotilgan neft va gaz uçun har bir kirib kelayotgan dollar hisobiga köproq rublga ega böladi, binobarin budjetda ham pul köproq böladi. Biroq, aynan gaz eksporti böyiça katta muammolar kuzatilmoqda, ayniqsa Yevropa Rossiya uglevodorodlaridan voz keçgani sababli.

2022 yilda vaziyat hozirgiga butunlay teskari edi. Ukrainaga qarşi keng miqyosdagi bosqin uyuştirilgaç, ğarb sanksiyalari joriy etilib, Rossiyaga import keskin kamaydi, biroq Yevropa anomal ravişda yuqori narxda neft va gazni Rossiyadan xarid qilişda davom etdi. Natijada mamlakatda ortiqça valuta töplanib qoldi, logistika zanjirlari uzilgani sababli unga talab juda past edi: iqtisodiyotning yangi realliklarida xorijiy valutaga qayerdan qanday qilib tovar sotib olişni hali heç kim bilmasdi. Şu sababli bir yil avval dollar kursi qandaydir oraliqlarda 55 rublgaça tuşib ketdi.

Mutaxassislar va mas’ullar nima deydi?

Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaning aytişiça, yanvar oyidan may oyigaça eksport hajmi 40 foizga qisqarib, qaytaga import 15 foizga ösgan. Bu degani mamlakatga eksportdan dollar kamroq tuşmoqda, ğarb tovarlariga «parallel import» yölga qöyilgaç, dollarga talab orta boşlagan.

Köpinça Rossiyada rubl qurbi pasaya boşlagaç, Nabiullina va boşqa amaldorlar bozorni özlarining sözlari bilan tinçlantirişga harakat qilişadi. Agar bu ham ta’sir qilmasa, boşqa vositalar işga solinadi. Masalan, rubl xarid qiliş, dollarni sotiş.

«Bizda qisqa muddatli tebranişlarni silliqlaş uçun vositalar bor, lekin fikrimizça erkin suzib yuruvçi kurs taşqi özgarişlar va şoklar iqtisodiyotga kamroq zarar yetkazişini ta’minlaydi», — degan Nabiullina.

Elvira Nabiullina rubl kursi qulaşini «taşqi savdo dinamikasi» bilan izohladi
Foto: ALEXANDER DEMIANCHUK / TASS

Bu gapi bilan Nabiullina bozorga ikkita signal berdi. Birinçidan, kurs siyosatida jiddiy özgariş bölmaydi. Ikkinçidan, agar rubl kursi batamom tuşib ketadigan bölsa, RFMB rubl tebranişlarini silliqlaşga tayyor.