«Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm xonimni ko‘rganimizdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini yaxshilashga ko‘maklashish mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda.
«Yaqin kelajakda yanada aniq natijalarga erishishimizga ishonamiz», deydi Baxtiyor Saidov.









