Keça, 10 iyul kuni soat 14:51 da Toşkent şahar FVB Tezkor boşqaruv markazi navbatçi-dispetçerlik xizmatining 101 qisqa raqamiga xabar kelib tuşgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, unda Yunusobod tumani, THAY köçasi «Orzu» kafesi oldidan oqib ötuvçi Bözsuv kanalida fuqaro çökib ketayotgani ma’lum qilingan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvçilari yetib borgan. 

Ma’lum bölişiça, fuqaro spirtli içimlik iste’mol qilib, çömiliş maqsadida suvga tuşgan va öz ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay çökayotgan bölgan. 

FVV qutqaruvçilari fuqaroni kanaldan olib çiqib, hayotini saqlab qolgan. Şundan söng psixologik yordam körsatilib, tuşuntiriş işlari olib borilgan.