BRICS G7 davlatlariga raqobatçi böla oladimi? Neftga boy mamlakatlarning a’zoligi taşkilotga nimalar beradi? Özbekiston uçun uşbu tuzilmaga a’zo böliş foydalimi? Kun.uz şu kabi savollarga javob oliş maqsadida siyosatşunos Aktam Jalilov bilan suhbatlaşdi.
"Geosiyosat"ning bugungi sonida Braziliya, Rossiya, Xindiston, Xitoy va Janubiy Afrika respublikalaridan iborat BRICS tuzilmasi tarixi hamda hozir tuzilma atrofida yuz berayotgan siyosiy vaziyat haqida siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov bilan suhbatlaşamiz.
BRICS qanday taşkilot va uning dunyo hamjamiyatida iqtisodiy ta’siri qanday?
— BRICS taşkilotining asosiy iştirokçilari: Rossiya, XXR, Braziliya, Hindiston, JAR. Geosiyosiy koalitsiya sifatida ta’riflanadi. Bu tuzilma nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy jihatdan ham ahamiyatli.
JARdagi BRICS davlatlari taşqi işlar vazirlarining uçraşuvida Rossiya taşqi işlar vaziri köpqutblilikni tarğib qiliş maqsadida rus tilida nutq sözlaşini aytdi. Xitoy taşqi işlar vaziri ham şunday qildi. Geoiqtisodiy negizga ega geosiyosiy maslakdoşlar guruhi desa böladi bu tuzilmani, umuman olganda.
— Sönggi vaqtlarda BRICS'ni G7 yoki G20 davlatlarining raqobatçi sifatida ham e’tirof etilişini kuzatib turibmiz, neftga boy olti arab davlati, ya’ni Jazoir, Misr, Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va BAA ham taşkilotga kiriş uçun ariza topşirişgan.
Şunday ekan G20, G7 va BRICS’ni taşkilotni özaro taqqoslaş mumkinmi?
— BRICS G7 davlatlariga raqobatçi böloladimi, degan masalaga töxtaliş kerak birinçi. G7 bu — özaro va butun dunyo bilan savdo-iqtisodiy aloqalari kuçli bölgan davlatlar. Bu davlatlar iqtisodiy, sanoatlaşiş jihatdan yuqori darajaga çiqqan, bular bilan raqobatlaşiş qiyin. Bu mamlakatlar xalqaro siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy institutlar doirasida sinxron harakat qiladi. BRICS 'ni G7'ga qiyoslaşga ança vaqtlar bor.
BRICS davlatlarining YaIMi dunyo YaIMining 18 foizini, savdo aylanmasining 15 foizini taşkil qiladi, 40 foiz buğdoyni yetiştiradi, degan raqamlar köp, agar sanayversa. Lekin bularning geografiyasi bir-biridan juda uzoq. Hali bu tuzilma qat’iy siyosiy institutlaşgani yöq. Tuzilmada Xitoy va Hindiston — yetakçi. Braziliya, EAR kabi davlatlar xomaşyo yetkazuvçi davlatlar bölişi mumkin. Tuzilma doirasida Xitoy Hindiston katta tezlik bilan ösib bormoqda iqtisodiy va texnlogik dihatdan.
— Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş talabi ortidan Janubiy Afrika BRICS sammitini Xitoyga köçirmoqçi, odatda xalqaro taşkilot qarorlari tavsiyaviy ahamiyatga ega, şunday bölsa-da, Afrika negadir hali biror qarorga kelmagan, buning sababi nima?
— BRICS 'ga eng köp ehtiyoj sezuvçi davlat — Rossiya. Çunki bu davlat bugungi kunda ihotalanib qoldi taşqi siyosati ortidan. JAR Afrika davlati bölsa-da, u yerda Ğarbning ta’siri katta, şu sababli Putin uçun xatarli bölişi mumkin.
Putin oxirgi yillarda mamlakatdan köp çiqmayapti. Bemalol borişi mumkin bölgan davoat Belorus bölib qolyapti. Rossiyaning öz harakatlari sabab bunga. Bu vaziyatda Xitoy JARga nisbatan xavfsizlikni yaxşiroq ta’minlab bera olişi mumkin. Bunga Haaga sudining unçalik aloqasi ham yöq. Xalqaro sudning talablarini qabul qilmagan davlatga ham borolmaydi Putin. Şunday vaziyatda u.
— Avvalgi kengaytirilgan şaklda ötkazilgan sammitda bir qança davlatlar qatorida Özbekiston va Qozoğiston ham iştirok etgan, aytingçi BRICS ga a’zolik Özbekistonga nima beradi. BRICS ning Afrika davlatlari bilan transport-logistika sabab ança uzoqda. Şundoq ham Özbekiston Xitoy, Rossiya, Qozoğiston bilan köplab taşkilotlarda a’zo, öz masalalarini şundoq ham muhokama qila olmaydimi?
— BRICS davlatlari taraqqiyot bankining ustav kapitali 100 mlrd dollar. Eng köp mablağni Rossiya qöşgan, ya’ni 38 mlrd dollar. JAR 5 mlrd, Hindiston 18 mlrd. Bank bölişi — institutlaşişning birinçi qadami. Moliyaviy resurlarni bir-biriga yönaltiruvçi tizim paydo bşlsa, institutlaşiş kuçayadi, özaro savdo-iqtisodiy aloqalar omonlaşadi. Va şundagina boşqa davlatlarningunga qöşilgandagi foydasini hisob-kitob qilsa böladi. Saudiya Arabistonining qöşili bankning ustav kapitalini oşirişi mumkin, xolos. Şu tomondan ijobiy turtki böladi, deyişyapti.
Aytganingizdek, biz turli platformalarda bu davlatlar bilan muloqotdamiz. Bizning kun tartibdi BRICS 'ga qöşiliş yöq. Xitoyning taşqi savdo aylanmasida Yaponiyaning uluşi barça BRICS davlatlarinikilan köp ekan. Asosiy savdo-iqtisodiy hamkori esa AQŞ — 17 foiz. Importda esa birinçi örinda Janubiy Koreya. Hindistonning ham birinçi hamkori AQŞ, Braziliyada esa ikkinçi hamkori AQŞ. Rossiyaning birinçi savdo-iqtisodiy hamkori esa YeI davlatlari. Körinyaptiki, BRICS 'ning ham asosiy hamkorlari G7 davlailari. Bunday holatda nega BRICS 'ga urğu beriş kerak? Şunçaki yumşoq şaklda geosiyosiy koalitsiya bu. Har yili böladigan sammitlar savdo-iqtisodiy aloqalarni BRICS 'ga burişga asos bölmaydi, raqamlar teskarisini ham körsatyapti.
Xitoy va Hindiston geografik jihatdan yaqin bölib, iqtisodiy yadro yaratişda raqobatdoş. JAR va Braziliya juda uzoqda öz mintaqasida, ya’ni birgalikda iqtiodiy rivojlaniş uçun qulay emas unçalik.
— BRICS 'ga qiziqiş bildirayotgan Yaqin Şarq davlatlari haqida aytdik. Bu davlailar neftga boy. Agar ular BRICS 'ga qöşilsa, Xitoy va Rossiya yetakçi bölgan vaziyatda dunyoning iqtisodiy muvozanatiga qandaydir ta’sir qilişi mumkinmi?
— Saudiya Arabistoni bilan Ğarb örtasida sönggi vaqtlarda munosabatlar unçalik yaxşi emas kayfiyat nuqtai nazaridan. Şuning uçun Saudiyaga muqobil bir tuzilma kerak yönaliş oliş uçun. Ular ham AQŞ ta’sirida bölişni istamaydi. Xitoy Yaqin Şarq davlatlariga geosiyosiy ta’sir ötkazmagani uçun BRICS jozibali bölib körinyapti ularga. Qöşilişga ariza bergan davlatlar ham juda unçalik katta mavqega ega bölgan davlatlar emas. BRICS 'ning özi hali qat’iy tuzilma emas, aytganimizdek.
Saudiya Arabistonining qöşilişi Ğarb davlatlarining Yaqin Şarq davlatlariga bölgan siyosatini körib çiqişga turtki bölişi mumkin, xolos. Agar mustahkam, kuçli taşkilot bölganda BRICS , Ğarb, AQŞ huşyor tortişi mumkin edi. Ularning qöşilişi bir neça ön yildan keyin qaysi qutbga qarab yönaliş olganini körsatişi ham mumkin.
Statistikalarga köra, 2040 yilga borib Xitoy va Hindiston dunyo iqtisodiyoti yetakçilariga aylanadi. Rossiya, Braziliya kabi davlatlar esa xomaşyoga boy. Va YeI davlatlarida iqtiodiy ösişda pasayiş kuzatilişi mumkin, deyilmoqda. 2050 yillarga borib esa, Afrika qit’asi investitsiya kiritiş uçun eng jozibali qit’aga aylanadi. Butun Afrika uçun investorlik qilişga Xitoyning imkoniyati yetadi. BRICS'ga JARning a’zoligi boşqa Afrika davlatlarini ham Xitoyga qarab yönaliş olişiga turtki böladi. Xitoyning geosiyosiy hamkorlarini aniqlab beradigan tuzilma ham dir bu. Balki, BRICS bir neça ön yildan söng juda yeuçayib ketişi mumkin.
— Iqtisod va siyosat doim yonma-yon. Masalan BMT Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sabab uruşni qoralovçi rezolyutsiyasida Jazoir ovoz berişda betaraf böldi. Undan taşqi qarz evaziga Misrning port va aeroporti Xitoyga ötişi mumkin. Avvalroq Keniyaning Mambos porti Xitoy tassarufiga ötganligi keng şov-şuv bölgan edi. Ya’ni BRICS yetakçilari parallel siyosat olib borişlari geosiyosatga qançalik ta’sir qilmoqda?
— Bu voqealarni taqqoslaş sun’iy bölib qoladi. Jazoir ham Saudiya Arabistoni kabi öz ovoziga jga bölişni istaydi. Lekin Jazoir BRICS orqali özining geosiyosiy obrösini kuçaytiriş qiyin. Yönaliş olişga harakat qilyapti faqat. BRICS sammitiga Makronning kelişi haqidagi gaplardan söng Rossiya bu töğri bölmasligini aytib ötdi.
Mambos porti va aeroportning Xitoyga ötişi — Xitoyning Afrikadagi uzoq yiltik investitsiyaviy siyosati natijasi. Oldingi suhbatlarda aytganimizdek, Xitoyning nihoyatda katta investitsiyalari bor Afrikada. Biznes, iqtisodiyot qoidasi bu portning, aeroportning Xitoyga ötişi. Bu degani davlat siyosatiga ta’sir qilmaydi. Masalan, BAAdagi katta-katta kompaniyalarni ğarbliklar boşqaradi. Xitoy şundoq ham öz manfaatlarini amalga oşiradi, juda unçalik muhim emas.
Makronning iştirok etişi, Putinning boriş-bormasligi masalasi juda şov-şuv bölyapti. Lekin yetakçi bölgan Xitoy va Hindiston jarayonlarga juda bosiqlik bilan qarayapti.
— Hindiston va Xitoyning har tomonlama raqobati ortib bormoqda, biroq şunga qaramay ular BRICS ning faol a’zosi, sof iqtisodiy tuzilmada qarorlar qabul qiliş jarayonida ikki davlatning özaro manfaatlari töqnaşmaydimi?
— Geosiyosiy jihatdan Hindiston va Xitoy raqobatdoş lekin. Lekin iqtisodiy jihatdan Xitoy va Hindiston manfaatlari töqnaşmaydi köpinça, ya’ni ularning strategiyalari har xil, bir nuqtada raqobatga kelib qolmaydi. Masalan, Xitoy yurgan yöldan Hindiston yurmaydi yoki aksi. Hatto xomaşyo yetkazib berişda ham hamkorlar uçun raqobat bölmaydi. Masalan, Rossiya Xitoyga yoğoç yetkazib beradi, lekin Hindistonga bunday emas. Bu ikki iqtisodiy qudratli dökonlarning öziga xos taraqqiyot yönalişi bor.
— Hindiston barça davlatlar bilan bir xilda, manfaatlari yuzasidan bir xil aloqada va iqtisodiy ösib boryapti. Şunday bir holatda Xitoyga nisbatan sanksiyalar, taşqi ta’sirga çidamli deb aytsak böladimi Hindiston iqtisodiyotini?
— Ayni holatni misol qilib olsak. Rossiyaga bölayotgan sanksiyalarning Hindistonga yöq. Xitoyga ham ta’siri yöq deyarli, lekin yumşoq tarzda Rossiya tarafini oladi. Hindiston ba’zi sohalarda Rossiya bilan raqobatdoş. Masalan, Hindiston va Rossiyada yirik pölat işlab çiqaruvçi kompaniyalar bor edi. Ya’ni manfaatlar töqnaşuvi böladi. Lekin sönggi yillarda Rossiya va Hindiston örtasida tovar ayirboşlaş kuçaydi. Afğoniston va Pokistonda batamom tinçlik örnatilsa,yanayam kuçayadi bu hamkorlik. Umuman, avvaldan Hindistonda Rossiyaga moyiltik bölgan, lekin buni pragmatik Hindiston iqtisodiy siyosati bilan aloqador deb bölmaydi.
Normuhammad Ali Abdurahmonov suhbatlaşdi.
Tasvirçilar – Mirvohid Mirrahimov
Montajçilar – Boymirza Xalilov










