Özbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–96-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, aholining intellektual salohiyatini yuksaltiriş maqsadida “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan turli soha vakillari örtasida intellektual öyinlar taşkil etib borilmoqda.
Şu maqsadda 2023 yilning avgust oyida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT va Soğliqni saqlaş vazirligi hamkorligida Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan davlat va xususiy tibbiyot muassasalari xodimlaridan tuzilgan jamoalar örtasida “Zakovat” öyini böyiça Ibn Sino kubogini ötkaziş rejalaştirilgan.
Musobaqada faqat şifokorlar emas, balki hamşira, feldşer va farmatsevt kabi tibbiyot sohasining boşqa vakillari ham iştirok etişlari mumkin. Şuningdek, biror tibbiyot muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalar ham iştirok etişlari mumkin.
Turnirda iştirok etiş uçun jamoalar Kubok nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini töldirgan holda, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi hamda taşkilot muhri bilan birgalikda [email protected] elektron poçtasiga ariza yuborişlari kifoya qiladi.
Turnir 2 ta bosqiçda bölib ötadi:
1-bosqiç — hududiy saralaş bosqiçi;
2-bosqiç — respublika bosqiçi.
Respublika bosqiçida ğolib bölgan jamoalarga qimmatbaho sovğalar topşiriladi.
Musobaqada iştirok etiş bepul. Şuningdek, hududlardan iştirok etadigan jamoalar a’zolarining Toşkent şahriga kelib-ketiş, mehmonxona xarajatlari “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan moliyalaştiriladi.











