Boş prokuratura tomonidan “Bözsuv oqava suv tozalaş” inşootiga kelib tuşayotgan oqova suvlarning tarkibi, ularning tozalanişi hamda Quyi Bözsuv kanaliga quyilişida amaldagi tartib va normativlarga rioya etilişi ahvoli Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi mutaxassislari iştirokida örganilmoqda.

Mahkama xabariga köra, örganişda tozalaş inşootiga Toşkent şahrida joylaşgan 18 ta (15 ta tekstil va 3 ta kuşxona) tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oqova suv tarmoğiga yuqori konsentratsiyada ifloslangan, kimyoviy moddalari mavjud bölgan oqova suvlar oqizib kelinayotgani aniqlandi.

Bildirilişiça, “Bözsuv oqova suv tozalaş” inşooti kelib tuşgan oqova suvlarni biologik tozalaşga möljallangan bölib, unda oqova suvlarni kimyoviy va fizikaviy tozalaş imkoniyatlari mavjud emas.

Oqizilayotgan oqovalarda me’yorga nisbatan azot ammoniy konsentratsiyasi, azot nitrit, kislorodning biologik iste’moli, kislorodning kimyoviy iste’moli, neft mahsulotlari, fosfor, temir va xrom ortiqça ekanligi oqibatida, inşoot atrofidagi havoda vodorod sulfidi miqdori me’yordan oşib ketib, ifloslangan suvdan badböy hid tarqalayotgani hududda yaşovçi aholining noroziligiga sabab bölmoqda.

Boş prokuratura qonunbuzilişlarga yöl qöygan xöjalik yurituvçi sub’yektlarni “Toşkent şahar suv ta’minoti” MÇJ tomonidan muqaddam berilgan ogohlantiriş va laboratoriya tahlil natijalari böyiça kamçiliklarni bartaraf etmaganlarga nisbatan içimlik va oqova suvi xizmatlarini körsatiş böyiça tuzilgan şartnomalarni bekor qiliş töğrisida ogohlantirgan.