«Agar Rossiya «ğalla bitimi»ni yangilaşdan boş torsa, butun dunyo buni körib, Rossiya global Janub, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarini arzon narxlarda zarur oziq-ovqat bilan ta’minlaşdan yuz ögirganini aytadi», - dedi AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan 16 iyul, yakşanba kuni CBS News telekanalining Face the Nation dasturida.

Şu bilan birga, Sallivan Qora dengiz taşabbusi taqdiri haqida aniq prognoz berişdan boş tortdi: «Men Vladimir Putin nima qilişini oldindan aytolmayman. Oxirgi bir neça oy içida u bu masala böyiça turli qarorlar çiqardi. Balki Rossiya bu kelişuvdan çiqar, balki uni uzaytirar». Telekanal suhbatdoşi nuqtayi nazaridan, Moskva kelişuvni uzaytirişdan boş tortgani uçun «katta diplomatik narx» tölaşi kerak böladi. 

Vaşington har qanday ssenariyga tayyor va bu masalada Ukraina tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, dedi AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik maslahatçisi. 

2022 yil 22 iyulda imzolangan Qora dengiz don taşabbusi BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina örtasida Ukraina donini Qora dengiz orqali uçta port: Çernomorsk, Odessa va Yujniy portlari orqali xavfsiz eksport qiliş uçun dengiz yölaklarini yaratiş böyiça kelişuvdir.

Şartnomaning ikkinçi qismi Rossiya oziq-ovqat va öğitlarini eksport qiliş yölidagi tösiqlarni olib taşlaşni nazarda tutadi. Moskva kelişuv bu qismi amalga oşirilmayotganidan bir neça bor noroziligini bildirgan. 15 iyul kuni «RBK» internet naşri BMTga tayanib, taşabbus davomida Rossiyadan birorta ham yuk olib kelinmaganini yozgan. 

Bundan taşqari, Moskva muhtoj davlatlar Ukrainadan jönatilgan dondan faqat «ramziy minimum» olişini da’vo qilmoqda. Uşbu şartnoma muddati 17 iyulda tugaydi.