Joriy yil iyun oyida Turkmanistonda qurolli davlat töntarişiga uriniş bölgan bölişi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Turkman.news mamlakatdagi bir neça manbalariga tayanib xabar berdi. Unda Turkmaniston maxsus xizmatlari qurolli töntarişga urinişni töxtatib, 20 nafar gumondorni qölga olgani aytilgan.
Töntariş iştirokçilari orasida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Payzigeldi Meredovning öğli Botir Meredov ham bölgani, şuningdek, Turkmaniston içki işlar vaziri örinbosari Axmet Xöjatov ham qölga olingani (Xöjatov uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Mari viloyati içki işlar boşliği lavozimida işlagan) haqida xabar qilingan.
Köp ötmay Turkmanistonning Qozoğistondagi elçisi Botir Rejyepov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga izoh berib, davlat töntarişiga uriniş bölganini rad etib çiqdi. «Bu ma’lumot feyk, haqiqatga töğri kelmaydi, tasdiqlanmagan. Bu turkman matbuoti emas. Mazkur ommaviy axborot vositasi mamlakatimizda röyxatdan ötmagan va rasman faoliyat körsatmaydi», dedi elçi.
Ulkan miqdordagi uglevodorod zaxiralari ega, öta yopiq davlat hisoblanuvçi qöşni respublikada bundan 21 yil oldin ham davlat töntarişiga jiddiy uriniş bölgandi va bu iş tafsilotlari haligaça oçiqlanmagan.
«Şixmurodov işi»
Turkmaniston rasmiylari 2002 yil 25 noyabr kuni mamlakat birinçi prezidenti Saparmurod Niyozovga suiqasd amalga oşirilgani haqida ma’lum qiladi.
Rasmiy talqinga köra, Aşxobodda Niyozovga suiqasd uyuştirilgan: prezident kortejining yölini KAMAZ yuk maşinasi va ikkita yengil avtomobil tösib qöygan, kortej esa öqqa tutilgan. Niyozov jarohat olmagan. Şundan söng turkmanboşi davlat töntarişiga tayyorgarlik körilgani haqida ma’lum qiladi va suiqasdda Boris Şixmurodov hamda boşqa muxolifatçilarni ayblaydi.
Boris Şixmurodov 1992 yildan Turkmaniston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari, 1995-2000 yillarda taşqi işlar vaziri vazifasini bajargan. U mustaqil Turkmaniston taşqi siyosatining me’mori, prezident Niyozovga juda yaqin bölgan şaxs sifatida körilib kelingan.












