17 iyul kuni Nurafşon şahrida Toşkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi hokimlik soati ötkazildi. Unda hokim viloyat hududida uylar qurilişi bilan boğliq vaziyatni tanqid qildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati namoyiş etgan videolavhada hokim Toşkent viloyatining Çirçiq, Olmaliq va Nurafşon şaharlarida «Yangi Özbekiston» turar joy kompleksi qurilişi loyihasi böyiça jami 3088 ta kvartiradan iborat 59 ta köp qavatli uylar qurilişi közda tutilgani, biroq loyihalar belgilangan muddatdan keçikayotgani, uylarni sotiş jarayoni şaffof emasligini aytib ötgan.

Uning qayd etişiça, Çirçiq şahrining Iftixor mahallasida beşta pudratçi taşkilot tomonidan 20 uyning quriliş bajarilgan.

«Bu 49 foiz [işlar bajarilgan]. Men borib uylarni kördim... maymunxona bölib yotibdi, Çirçiqning boş quriliş markazimas. Hokim ham bormagan, sektor [rahbarlari] ham bormagan, heç kim bormagan», — degan Zoyir Mirzayev.

Viloyat hokimi videoaloqa orqali Çirçiq şahri hokimi Davron Hidoyatov bilan boğlanmoqçi bölgan, ammo u kelmagani ma’lum bölgan, uning örniga örinbosari javob qaytargan, viloyat hokimi esa darhol uning sözini bölib, Çirçiq şahri hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosarini işdan olişga topşiriq bergan.

«Qani hokim, kelmadimi? Sen gapirma. Hokiming kelsa gapirasan, kelmasa, öçirib taşa… Şahar-paharingni pişirib ye. Noinsof hammang», — degan Mirzayev.

Şundan keyin u özining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Şukurulla Mahmudovga yuzlangan.

«Siz ham bormasangiz, Hidoyatov degan kattakon böyniga olmasa... Oyoği yerdan uzilgan, hammasining oyoği yerdan uzilgan. Tört sektor rahbarlari, prokurorga bergan topşiriqlarim hali esimda. Nimaga quruvçilar öyin qiladi?» — degan u.

Viloyat hokimi prokurorlarga murojaat qila turib, uylarni sotiş jarayoni ham şaffof emasligini ta’kidladi. Öz navbatida odamlarda uyni vositaçisiz, töğridan töğri sotib olişga işonç yöqolayotgani, bunday işlarga qarşi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuçaytirişi zarurligiga urğu qaratdi.

«Çirçiq şahrida uylarni sotişda korrupsion sxema işlaydi. «Otkat» olyapti, «şapka» olyapti, ikkita odam boşqaryapti. Sizlar buni oçgilaring kelmayapti, viloyatdan turib oçib berişimizni kutyapsizlar. Odamlarda Çirçiqda töğridan töğri uyni sotib oliş mumkin, degan işonç yöqolgan.