Uzbekistan Airways kompaniyasi 20 iyuldan boşlab Toşkent–Samarqand–Toşkent yönalişi böyiça har kuni L-410 samolyotida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyadi. 

HY1001 reysi Toşkentdan soat 8:30 da uçadi va Samarqandga soat 9:55 da qönadi. 

HY1002 reysi Samarqanddan soat 10:55 da uçadi va Toşkentga soat 12:20 da qönadi. 

Toşkent-Samarqand yönalişi böyiça aviaçipta narxi 104 ming sömdan boşlanadi. Toşkent-Samarqand-Toşkent yönalişi böyiça aviaçipta narxi 182 ming sömdan boşlanadi. 

Iyun oyida Uzbekistan Airways Çexiyaning LET Aircraft Industries zavodi bilan ikkita Let L-410 UVP-E20 turbovintli samolyot sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan edi. 15 iyul kuni birinçi samolyot Özbekistonga yetib keldi. 

LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uçun möljallangan, yengil, köp maqsadli ikki dvigatelli samolyot bölib, 1966-1967 yillarda Çexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Çexiyaning LET Aircraft Industries zavodi) tomonidan işlab çiqilgan.  

Samolyot maxsus tayyorlanmagan, asfaltlanmagan, ötloqli yölaklarda, qorli hududlarda, şuningdek, qisqa uçiş-qöniş yölaklari bölgan aerodromlardan uçiş uçun möljallangan. 19 yölovçi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga taşişga qodir.