Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 2023 yil 18 iyul kuni soat 19:20 da quturiş kasalligiga gumon qilinib, bir nafar fuqaro yotqizilgan.
Sanepidqömita axborot xizmati xabariga köra, fuqaroni 2023 yil fevral oyida özining 3 yoşli, qora rangli iti çap oyoq boldir sohasini tişlagan. Iyul oyigaça bölgan vaqt davomida bemor tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan.
Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi tomonidan bemorda ötkazilgan davo muolajasiga qaramasdan, u 19 iyul kuni soat 21:35 da vafot etgan. Bemordan namuna oliş uçun patologik anatomiya tekşiruviga jönatilgan.
Marhumga jarohat yetkazgan itni boşqa fuqarolarga jarohat yetkazganligini örganiş va kasallik oldini oliş maqsadida marhum yaşaş manzilida ştab taşkil etilgan. Tibbiyot xodimlaridan iborat 10 ta guruh tuzilib, 32 nafar tibbiyot xodimlari xonadon aylaniş tadbirlariga jalb etilgan. Sanepidqömitaning Boyovut tumani bölimi 10 nafar xodimi epidemiologik suriştiruv işlarini olib bormoqda.
Sirdaryo viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarma mas’ullari hamda tuman mutaxassislari tomonidan mahalladagi barça xonadonlardagi itlarni, muşuklarni quturiş kasalligiga qarşi emlaş tadbirlar olib borilayotgani bildirilgan.












