Sky News kanali veb-saytida ta’kidlanganidek, Sallivan öz bayonotini XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin tomonidan şu hafta e’lon qilingan Belarusiyadan olingan video bilan boğliq holda aytdi. 

Prigojinning aytişiça, «Vagner» jangarilari hozirça Ukrainadagi uruşda qatnaşmayapti, biroq «vagnerçilar» Belarus armiyasi bilan qöşma maşğulotlar ötkazayotgani haqidagi ma’lumotlar xavotir uyğotadi, deb yozadi Sky News.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining muntazam şarhiga köra, yaqin kunlarda «Vagner guruhi» mahkumlar orasidan sönggi yollanma askarlarni xizmatdan ozod etadi va ularning katta qismi uşbu XHKda şartnoma böyiça harbiy xizmatni davom ettiriş taklifini qabul qilişi mumkin.

Idora tomonidan keltirilgan razvedka ma’lumotlariga köra, qamoqxonalarda askarlarni yollaş böyiça eng katta körsatkiç 2023 yil boşida sodir bölgan. Uning natijalariga köra, 40 mingga yaqin mahkum uruşga jönatilgan. 

Britaniya Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, mahbuslarni yollaş Rossiya qöşinlariga sönggi yutuqlaridan birini - Baxmutni qölga oliş va «Vagner» XHKni «hokimiyatga töğridan töğri qarşilik körsatuvçi» taşkilotga aylantiriş imkonini berdi.