Reuters: Vashington 25 iyul kuni Kiyevga yangi harbiy yordam to‘g‘risida e’lon qilmoqchi
25 iyul, seshanba kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga umumiy qiymati 400 million dollargacha bo‘lgan yangi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqchi.

Foto: Reuters
Reuters agentligining AQSh uch rasmiy vakiliga tayanib xabar berishicha, Ukrainaga artilleriya qurollari, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar va quruqlikdagi harbiy texnika yetkazib berish rejalashtirilgan.
Xususan, gap Stryker zirhli transportyorlari, NASAMS, Patriot, Stinger zenit-raketa komplekslari hamda HIMARS tizimlari uchun o‘q-dorilar haqida ketmoqda.
Bundan oldin AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgandi, uning umumiy hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Yordam paketi to‘rtta NASAMS zenit-raketa tizimlari va ularga o‘q-dorilar, 152 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi raketalar, yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilari, Phoenix Ghost va Switchblade uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, dronlar va elektron urushlarga qarshi vositalarni o‘z ichiga oladi, deya xabar berdi Amerika Mudofaa vazirligi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukraina uchun 150ta yonilg‘i quyish qurilmasi, 115ta texnikani tortish va tashish uchun taktik mashina, texnikani evakuatsiya qilish uchun 50ta taktik mashina, portlar va bandargohlarni himoya qilish va minalardan tozalash uchun uskunalar, shuningdek, taktik xavfsiz aloqa tizimlarini sotib oladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025
Nyu York meri va o‘zbek tadbirkorining oldi-berdisi: bu haqda nimalar ma’lum?

21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

20:37 / 27.05.2025