Uning sözlariga köra, Belarus Qizil Xoç taşkiloti öz harakatlari bilan «Jyeneva konvensiyalari normalarini, şuningdek, Qizil Xoç harakatining asosiy tamoyillarini qöpol ravişda buzmoqda».
Kostin Xalqaro Qizil Xoç Qömitasini vaziyatga e’tibor qaratişga va «tegişli çoralar körişga» çaqirdi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlaridan bolalar Belarusdagi soğlomlaştiriş lagerlariga «ta’tilga» jönatilyapti, biroq hammasi ham ortga qaytmayapti, ba’zilari Rossiya hududida ğoyib bölyapti, deya xabar berdi muxolifatdagi Inqirozga qarşi xalq boşqaruvi rahbari va Belarusning ötiş davri qöşma vazirlar mahkamasi vakili Pavel Latuşko 19 iyul kuni «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida.
Anneksiya qilingan hududlarning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyatlari» mehribonlik uylaridagi yetim bolalar reabilitatsiya qiliş uçun Belarusga olib ketilayotganini da’vo qilmoqda. Iyun oyida Rossiya va Belarus ittifoq davlati kotibi Dmitriy Mezensev qöşib olingan «DXR» va «LXR»dan 2000dan ortiq bolalar ota-onalari yoki vasiylarining roziligi bilan Minsk viloyatidagi sanatoriyga dam olişga ketganini aytdi.
18 iyul kuni Yevroparlament deputatlari Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni hibsga olişga order beriş talabi bilan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) murojaat qildi. Yevroparlamentning xalqaro işlar böyiça qömitasi tomonidan qabul qilingan hujjatda Ukrainaga yetkazilgan zarar va uning hududida sodir etilgan jinoyatlar uçun Belarus mas’ul ekani aytiladi. Bundan taşqari, Yevroparlament deputatlari ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişda Lukaşenko rejimining roliga işora qilgan.








