Mahallalarda yoşlar bilan işlaş masalalarini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi işsiz yoşlar va mehnat bozoriga kirib kelişi kutilayotgan bitiruvçilarning “fuqarobay” bandligini ta’minlaş böyiça “Yoşlar bandligi dasturlari”ni işlab çiqib, xalq deputatlari sessiyalarida tasdiqlaş çoralarini köradi.
Aniqlanişiça, yil boşidan buyon jami 1,5 milliondan ortiq yangi iş örinlari yaratilganiga qaramay, "Yoşlar balansi"ga kiritilgan 105 ming yoşlar bandligi ta’minlangan bölsa, 180 ming nafardan ortiq yoşlar esa işsiz qolmoqda. Jami 9 mln. nafar yoşlar “yaxşi”, “örta”, “oğir” toifalarga ajratilgan.

Örganişlar ötkazilgan hududlarda ayrim muammo va kamçiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça yordam körsatildi. Xususan, "oğir" toifadagi 364 ming nafar yoşlarning murojaatlaridan 17 foizi hal etilmagan.
Respublika komissiyasi a’zolari “qizil” toifadagi yoşlar bilan birma-bir muloqot qilib, 4,3 ming nafar yoşning muammolari joyida hal etildi.
Bundan taşqari, bor-yöği 374 ming nafar yoşlar özini özi band qilgan. Joriy yilda 309 ming bitiruvçi mehnat bozoriga kirib kelişi inobatga olinsa, sektor rahbarlari, yoşlar yetakçilari va hokim yordamçilari örtasida amaliy hamkorlik yetarli emas, degan xulosaga kelingan.
Şundan kelib çiqib, işsiz yoşlar va mehnat bozoriga kirib kelişi kutilayotgan bitiruvçilarning “fuqarobay” bandligini ta’minlaş böyiça “Yoşlar bandligi dasturlari”ni işlab çiqib, xalq deputatlari sessiyalarida tasdiqlaş çoralari körilmoqda.












