OTMlarga qabul boşlanişiga oz qoldi. Öqişga hujjat topşirayotgan abituriyent oliy ta'lim oliş özi uçun yaxşi kelajakka yöl oçib berişidan umid qiladi. Lekin hozirgi şaroitda faqat oliy ta'lim olib diplomli bölişning özi mehnat bozorida örin topiş uçun kamlik qiladi.

Endi mehnat bozori özi uçun malakali kadrlarni talab qilmoqda, diplom esa birinçi darajali ahamiyatini yöqotib boryapti.

Özbekiston aholisining 1,6 millioni – işsiz

Senat yalpi majlisida aytilişiça, 2021 yil 1 yanvar holatiga köra respublikada iqtisodiy faol aholining 1,6 mln nafari işsiz. Ularning 805,2 ming nafari – yoşlar, ya'ni 16–30 yoş oraliğidagi fuqarolar.

Mehnat bozoriga 2021 yilda yana 560 ming bitiruvçi kirib keladi. OTMlarni 103 mingdan ortiq, umumta'lim maktablarini 440 mingga yaqin, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 18 mingdan ziyod yoşlar tamomlaydi.

Natijada 2021 yilda yoşlar bandligini ta'minlaş uçun ehtiyoj 1,3 milliondan oşadi.

Faqatgina oliy ma'lumotli kadrlarning özi bir yilda 103 mingdan ortiqqa köpaymoqda. Bu esa şunça yangi mehnat resursi iş örni uçun da'vogar bölişini anglatadi. Mehnat resursi bilan boğliq raqamlar yildan yilga oşib boraveradi.

Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida yoşlarni oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasini 2030 yilga qadar 50 foizga yetkaziş belgilangan. Ötgan yili bu körsatkiç 25 foiz edi.

Demak, 9 yildan keyin oliy ma'lumotli kadrlar soni deyarli ikki baravarga (xususiy universitetlar tayyorlaydigan kadrlar hisobiga undan ham köproq) oşadi. Bu – kadrlar bozorda non topişi uçun kuçli kuraş boşlanişini anglatadi. Kuraşda ğalaba qozonib işli böliş uçun esa faqat diplomli emas, malakali kadr böliş köproq muhimdir.

«Diplom yaqin kelajakda heç narsani hal qilmaydi» — Abduvali Xoliqov