BMT: 2023 yilning iyuli tarixdagi eng issiq oy bo‘ladi
Meteorologlar fikricha, hozirgi issiqlik o‘tgan ming yillikda kuzatilmagan. BMT bosh kotibi «global isish davri tugadi, global qaynash davri keldi», dedi.

Foto: Reuters
Bu yilgi iyul, aftidan, rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ladi. Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) va Yevropa Yerni masofadan turib zondlash dasturi - Copernicus’ning 27 iyul, payshanba kuni ma’lum qilishicha, joriy oyning dastlabki uch haftasida o‘rtacha global harorat ko‘plab mintaqalarda jazirama to‘lqinlar tufayli o‘tgan yillardagi haroratdan sezilarli darajada oshib ketgan.
Copernicus direktori Karlo Buontempoga ko‘ra, joriy yilning iyul oyidagi havo harorati 1940-yillardan beri qayd etilgan ob-havo ma’lumotlaridan keskin farq qiladi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi harorat «oxirgi ming yillik tarixda qayd etilmagan va hatto so‘nggi yuz ming yil ichida ham kuzatilmagan», dedi u.
Oxirgi haftalarda, ayniqsa, O‘rta Yer dengizi mintaqasida, Amerika Qo‘shma Shtatlari janubida va Xitoyning ayrim hududlarida jazirama harorat kuzatildi. Gretsiya va Jazoirdagi 40 daraja issiq o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, bunday issiqlik inson omili tufayli kelib chiqqan iqlim o‘zgarishi oqibatida hisoblanadi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish «global isish davri tugadi, global qaynash davri keldi», dedi. U jahon hamjamiyatini falokatga yo‘l qo‘ymaslik uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi tezkor va radikal choralar ko‘rishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?
O‘zbekiston | 19:53
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
Mavzuga oid

07:55 / 06.05.2025
BMT dunyo yetakchilarini G‘azo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi

13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025