AQŞ Senati mudofaa xarajatlari uçun 880 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda C-SPAN telekanali xabar berdi.
Yakuniy loyiha dastlabki variantdan biroz farq qiladi. Unda davlat tibbiy suğurtasi va harbiylar orasidagi gender masalalari böyiça bandlar bor. Uşbu özgarişlar qonun loyihasi AQŞ prezidenti Jo Baydenga imzolaş uçun yuborilişidan oldin kelişuv komissiyasi tomonidan hal qilinişi kerak.
Mudofaa budjetida Ukraina uçun ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari uçun 80 million dollar, şuningdek, Xavfsizlik taşabbusi orqali yordam sifatida 300 million dollar ajratilişi közda tutilgan.
Avvalroq AQŞ Senati mudofaa budjetiga Kiyevga harbiy yordamni çeklaş böyiça tuzatiş kiritişni qöllab-quvvatlamagan edi.












