Gap elektr energiyasi quvvati birligi — «Vatt»ni ifodalash haqida bormoqda. Gap shundaki, Kuchlanish birligi — «Volt» rus tilida V harfi bilan, quvvat birligi «Vatt» rus tilida Vt ko‘rinishida ifoda etiladi. Holbuki, xalqaro birliklar tizimi standarti bo‘yicha Volt — V, Vatt esa W ko‘rinishida ifodalanadi.

Buni maishiy texnikalarda hamma ko‘rgan: 220 V, 1500 W yozuvlari hammaga tanish va tushunarli.

Energetika vazirligi xabarlarida energiya o‘lchov birligi Kilovatt-soat (KVt·soat) lotincha imloda kVt·soat ko‘rinishida ifodalanmoqda. Elektr stansiyalar quvvati Megavatt MVt esa MVt ko‘rinishida.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJdan aholiga boradigan SMS bildirishnomalarda yetkazilayotgan elektr quvvati umuman kurakda turmaydigan kVs ko‘rinishida ifodalanmoqda.

«HET» AJning aholiga yuborilgan SMS bildirishnomasi / Kun.uz
Energetika vazirligining tezkor ma’lumoti. Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligining xabari. Skrinshot: Energetika vazirligi rasmiy saytidan

Holbuki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida kattalik birliklarini qo‘llash to‘g‘risida»gi 21-sonli qarorida quvvat birligi W shaklida ifodalanishi belgilab qo‘yilgan.

Vazirlar Mahkamasi qarori ilovasidan skrinshot / lex.uz

Hukumatning shu qarori 2-ilovasida energiyani o‘lchash birligi kilovatt-soat qanday ifodalanishi ham keltirilgan — kW·h.

Vazirlar Mahkamasi qarori ilovasidan skrinshot / lex.uz

Ha, hukumat 5 yil muqaddam o‘lchov birliklarning ruscha ifodalanishini cheklab, xalqaro ko‘rinishga o‘tishni belgilab qo‘ygan va