2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida (yanvar–iyun) Özbekistondagi umumta’lim muassasalarida 6ta erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Azamat Kamolov 31 iyul kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Unga köra, 2023 yilning 6 oyi davomida 5ta hudud: Qoraqalpoğiston (1ta), Qaşqadaryo (2ta) Samarqand (1ta), Sirdaryo (1ta), Surxondaryo (1ta) viloyatlarida tahsil olayotgan jami 6 nafar öquvçi qizda erta homiladorlik aniqlangan. Kamolovning qayd etişiça, holatlarning aksariyati maktabdan taşqari vaqtda yoki yozgi ta’til paytida sodir bölgan.
«Bularning hammasi umumta’lim maktablaridagi emas, oilalardagi holat. Ularning oldini oliş böyiça öquvçi qizlar örtasida ularni oila hayotiga tayyorlaş, soğliqni saqlaş xodimlari bilan oqibatlarni tuşuntiriş mumkin bölgan köplab tadbirlar ötkaziladi.
Lekin tahlil qilganimizda, aksariyat hollarda [bunday holatlar] yozgi ta’til davrida yoki maktabdan taşqarida bölgan davrda yuzaga kelişi aniqlangan. Ammo bu maktablar mas’uliyatni zimmasiga olmaydi degani emas. Şuning uçun birinçi navbatda ota-onalar, sinf rahbarlar bilan hamkorlikda bu boradagi işlar doimiy yölga qöyilgan», – deydi Kamolov.
Ta’kidlanişiça, maktablarda erta homiladorlik, erta tuğuruqning oldini oliş böyiça Oila va xotin-qizlar qömitasi, joylardagi mahalla faollari, xotin-qizlar faoli, maktab psixologi, sinf rahbari, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari bilan hamkorlikda işlar olib borilmoqda.










