10:52 / 01.08.2023
4172

Ukraina AQShdan yana 1,25 milliard dollarlik grant oldi

Ukraina AQShdan yana 1,25 milliard dollar miqdorida grant oldi, deb xabar qildi Ukraina Moliya vazirligi. 

Foto: Reuters

Xabarda aytilishicha, mablag‘lar Jahon bankining Multidonorlik maqsadli fondi orqali o‘tkazib berilgan.

Moliya vazirligining aniqlik kiritishicha, 2023 yilda Ukraina Vashingtondan 8,45 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri budjetni qo‘llab-quvvatlash grantlarini olgan va harbiy harakatlar boshlanganidan beri davlat budjetiga AQShdan 20,4 milliard dollar mablag‘ kelib tushgan. 

Ushbu mablag‘lar xavfsizlik va mudofaa sohasiga bevosita aloqador bo‘lmagan ijtimoiy va humanitar xarajatlarga, xususan, ijtimoiy yordam to‘lovlari va davlat xizmatchilarining maoshlariga sarflanadi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi 400 million dollarlik (362 million yevro) harbiy yordam paketini taqdim etishi xabar berilgandi

U, jumladan, Patriot va NASAMS zenit-raketa tizimlari, shuningdek, HIMARS reaktiv o‘t ochish tizimlari uchun o‘q-dorilarni, FIM-92 Stinger ko‘chma zenit-raketa komplekslari hamda Javelin tankka qarshi raketa tizimlari, 32 ta Stryker zirhli mashinani, BGM-71 TOW tanklarga qarshi og‘ir raketa komplekslari uchun raketalarni, shuningdek, tungi ko‘rish moslamalari va teplovizorlarni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid
Top