Fitch reyting agentligi AQŞning uzoq muddatli reytingini AAA dan AA+ ga tuşirdi, deyiladi 1 avgust, seşanba kuni e’lon qilingan rasmiy xabarda. Reytingning pasayişi «kelgusi uç yil içida fiskal holatning kutilayotgan yomonlaşuvini, hukumatning yuqori va ösib borayotgan qarz yukini va boşqaruvning yomonlaşuvini aks ettiradi», deya ta’kidlaydi Fitch. 

Tölov qobiliyatining eng yuqori darajasi, ya’ni defoltning minimal xavfini bildiruvçi AAA kamida 1994 yildan beri Fitch reytingida AQŞ tomonidan uşlab turilgan. Moody's AQŞga eng yuqori AAA reytingini berişda davom etmoqda, S&P esa 2011 yilda reytingni AA+ (yuqori tölov qobiliyati, defoltning past ehtimoli)ga tuşirgan. 

«Biz bu qarorga qat’iyan rozi emasmiz. Prezident Jo Bayden dunyodagi eng kuçli iqtisodlardan birida eng katta tiklanişga erişganida, reytingni pasaytiriş haqiqatga ziddir», dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per seşanba kuni bergan bayonotida.