Samarqanddan Madinaga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
|01:43 / 02.08.202315 4881 min
Parvoz haftada bir marta amalga oshiriladi.
Foto: Transport vazirligi axborot xizmatiFoto: Transport vazirligi axborot xizmati
2023 yil 1 avgustdan boshlab Panorama Airways aviakompaniyasi Samarqanddan Saudiya Arabistonining Madina shahriga muntazam reysni amalga oshirishni boshladi.
Qayd qilinishicha, parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar Airbus A320 havo kemasida Samarqanddan soat 12:50 da uchib ketadi.