30 iyul kuni Kattaqörğon suv omborida 4 nafar yigit çökib ketgani aniqlandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi va Kökdala tumanlarida yaşovçi 7 yigit Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani Pölat mahallasida yaşovçi tanişi M.M.ning tuğilgan kunini nişonlaş maqsadida borgan. Şu kuni soat taxminan 17:30 atrofida mahalladan ötuvçi Kattaqörğon suv omboriga çömiliş maqsadida borişgan.

U yerda bölgan qayiq bilan suv omborining qirğoğidan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borişgan. Suratga tuşmoqçi bölişganida tartibsiz harakatlar qilişgani sababli muvozanatni yöqotib, qayiq ağdarilib ketgan. Natijada ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoşli yigitlar çökib ketgan, 3 nafari qirğoqqa suzib çiqa olgan.

Olib borilgan qutqaruv işlari davomida bir kişi — 21 yoşli O.E.ning murdasi topilgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Vafot etganlardan ikki nafari Kattaqörğon tumanidagi tibbiyot texnikumida öqigan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari boşlangan.