TIV ma’lumotiga ko‘ra, 24-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

19-25 iyun kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.