Tojikistonda folbin, sehrgar va afsungarlarga murojaat qilganlik uçun ma’muriy javobgarlik joriy etildi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Jumladan, Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksning 482-moddasiga («Sehrgar, afsungar yoki folbin xizmatidan foydalaniş») kiritilgan qöşimçaga köra, ezoterik amaliyot bilan şuğullanuvçilarning mijozlariga 50-60 hisob-kitob körsatkiçi (3750-4500 somoniy yoki 4,8-5,8 mln söm) miqdorida jarima solinadi.

Qayd etilişiça, özgarişlar 2025 yil 31 iyuldan kuçga kirgan, biroq bu haqda endi ma’lum bölmoqda.

Ta’kidlanişiça, sönggi bir yil içida Tojikiston hukumati folbin va sehrgarlar hamda ularning mijozlariga qarşi kuraşni kuçaytirdi. 2024 yil yozida Tojikiston Içki işlar vazirligi folbin va sehrgarlarga borgan şaxslar organlarga çaqirilişini va ularning ismlari va fotosuratlari Içki işlar vazirligi ma’lumotlar bazasiga kiritilişini e’lon qilgan edi.

Rasmiylarning ta’kidlaşiça, «bu çora-tadbirning maqsadi xurofot va folbinlar va sehrgarlar xizmatidan foydalanişning oldini olişdir, çunki ba’zi fuqarolar ularga murojaat qilib, sehr va jodugarlikning tarqalişiga hissa qöşadilar». Folbin va sehrgarlarga murojaat qilgan va organlarga çaqirilgan odamlarning aniq soni noma’lum.

Şuningdek, ötgan yili folbinlik va sehrgarlik bilan şuğullanganlik uçun jazo kuçaytirildi. Mamlakat parlamenti Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 482-moddasi 2-bandiga özgartiriş kiritib, ma’muriy jarima miqdorini 80-100 hisob-kitob körsatkiçigaça oşirdi, şuningdek, 10 sutkadan 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosini qöşdi.

Bundan taşqari, Tojikiston Jinoyat kodeksining 240-moddasiga kiritilgan özgartirişlarga köra, sehrgarlik va folbinlik bilan şuğullanganlik uçun (agar bunday harakatlar ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa) 1500 dan 2000 hisob-kitob körsatkiçigaça jarima yoki bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.

Ilgari bunday harakatlar uçun faqat ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan edi.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning dastlabki olti oyida afsungarlik va folbinlik bilan şuğullanişning 495 ta holati aniqlangan.