Prezident Şavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 oktyabr kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Davlat rahbari Duşanbe şahrida ötadigan «Markaziy Osiyo - Rossiya» formatidagi ikkinçi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi.
Bölajak tadbirlar kun tartibidan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, şu jumladan siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qöşma loyihalarni ilgari suriş, sanoat, qişloq xöjaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida kooperatsiya qiliş, faol madaniy-gumanitar almaşinuvni davom ettiriş masalalari örin olgan.
Yetakçilar xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaşning dolzarb jihatlarini ham muhokama qiladi.
Sammitlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qator qöşma hujjatlar va qarorlar qabul qilinişi közda tutilgan.











