Toşkent viloyatidagi ikki tuman hokimi iste’foga çiqiş uçun ariza yozgan. Bu viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning 3 avgustda E-Qaror portalida qabul qilingan qarorlaridan ma’lum böladi.
Ma’lum bölişiça, 2 avgust kuni Zangiota tumani hokimi Abdivahob Tamiqayev va Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev öz lavozimidan ozod qiliş töğrisida ariza yozgan. Viloyat hokimi ularni egallab turgan lavozimidan ozod etib, bu haqdagi qarorlarni xalq deputatlari tuman kengaşlariga yuborgan.
Abdivahob Ulaşbayeviç Tamiqayev 6 yildan buyon Zangiota tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi – muqaddam «Agrobank» boşqaruv raisi bölib işlagan Tamiqayev 2017 yil iyulida uşbu tumanga rahbar etib tayinlangandi.

Furqat Xudoyberdiyev esa 2020 yil fevralidan buyon Bekobod tumani hokim edi. Ungaça Toşkent viloyati hokimligi Moliya boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan.

2 avgust kuni Toşkent viloyatiga safar doirasida ötkazilgan videoselektorda prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati hokimining kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Muzaffar Fayziyev, Qibray tumani hokimi Miragzam Qosimov va Yangiyöl tumani hokimi Uluğbek Yalgaşevni işdan olgandi.
Yiğilişda Yangiyöl tumani, Bekobod va Çirçiq şaharlarida töqimaçilik mahsulotlari, Zangiota va Yuqori Çirçiqda elektrotexnika mahsulotlari, Olmaliq şahrida quriliş materiallari eksporti ötgan yilga nisbatan kamaygani qayd etilgandi.
Şuningdek, sönggi uç yilda sanoat mahsulotlari Bekobod tumanida 3,6 foizga kamaygani, şu davrda Zangiotaning viloyat sanoatidagi uluşi 8,3 foizdan 3,5 foizga kamaygani tanqid ostiga olingandi.








