6 avgust kuni Angliya çempionatining ötgan mavsum çempioni va Angliya kubogi sohibi «Mançester Siti» hamda ikkinçi örin sohibi bölgan Londonning «Arsenal» klublari örtasida Angliya Superkubogi uçun öyin bölib ötdi. Londondagi «Uembli» stadionida keçgan uçraşuvda Styuart Atvell boşçiligidagi hakamlar brigadasi işladi.

Birinçi bölimda tomonlar teng öyin körsatişdi, darvozabonlar bir neça martadan özini körsatişiga töğri keldi.

Ikkinçi bölimda esa Kevin de Bryuynening maydonga tuşişi «Mançester Siti» öyinini jonlantirdi va Aaron Ramsdeyl darvozasi oldida xavfli vaziyatlar köpaydi. 21 yoşli Koul Palmer 77-daqiqada aynan belgiyalik yarimhimoyaçining pasidan keyin hisobni oçdi – 1:0. E’tiborlisi, yoş hujumçi şu kuni öyini çiqmagan Erling Holandning örniga zaxiradan maydonga tuşgandi.

«Siti» muxlislari bayramni boşlagan bir paytda, uçraşuvning 90+11-daqiqaga kelib Leandro Trossarning zarbasidan keyin töp Akanji orqali darvoza töriga borib tuşdi – 1:1.

Şundan söng jamoalar darhol penaltilar seriyasini boşlaşdi. Futbol lotereyasida Kevin de Bryuyne va Rodri xatoga yöl qöygaç, yakunda Fabiu Viyera hal qiluvçi zarbani aniq amalga oşirdi (4:1) va «Arsenal» mavsumni sovrin bilan boşladi.

«Kanonirlar» öz tarixida 17-bor Angliya Superkubogini qölga kiritdi. Bu borada jamoa Angliya klublari örtasida ikkinçi körsatkiçni qayd etmoqda, oldinda faqat «Mançester Yunayted» (21) bor.

Angliya Superkubogi.
Arsenal – Mançester Siti 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:1
Gollar: 0:1 – 77 Palmer, 1:1 – 90+11 Trossar
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Smit-Rou, 87), Saliba, Timber (Tirni, 76), Parti, Edegor, Rays (Nketia, 81), Haverts (Fabiu Viyeyra, 87), Saka, Martinelli (Trossar, 75).
Mançester Siti