Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida yuzdan ortiq fuqaro bank va quruvçi örtasidagi nizo «qurboni» böliş arafasida. Quruvçi firmaning «ssenariysi» har doimgidek: qurilayotgan köp qavatli uydagi xonadonlarni garovga qöyib, katta miqdorda kredit olgan. Xonadonlar fuqarolarga sotilgan. Endi bank tölanmagan kredit qarzdorligini undirişni garovga qaratiş harakatida. 

Tahririyatga Toşkent viloyati Yangiyöl şahrida yaşovçi fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, Yangiboğ mahallasida qurilayotgan köp qavatli turar joylarga odamlar tölov qilgan. Lekin bugungi kunga kelib 100 nafardan ortiq fuqaro uyidan çiqarib yuborilişi aytilmoqda ekan. Kun.uz holatni joyiga borib örgandi.  

Ma’lum bölişiça, Yangiyöl tumani Beruniy köçasida Gulnora Abduğafforova rahbarligidagi «NEW ACTION TEXTILE» MÇJ tomonidan qurib bitkazilgan va qurilayotgan beşta köp qavatli uydan fuqarolar xonadon sotib olgan. Quriliş kompaniyasi bankdan kredit oliş uçun sotilgan kvartiralarni garovga qöygan. Söngra kredit tölanmagani uçun bank kvartiralarni tortib oliş harakatiga tuşgan.

Jabrlanuvçilardan biri Dilfuza Tursunovaga köra, u 2022 yilda yangi qurilayotgan uydan 30 ming 450 dollar tölab xonadon sotib olgan:

«Kvitansiyalar berib, şartnomalar tuzişgan.Uyni olganmiz, heç qanday mebel-jihozlarsiz edi. Yaşayotganimizga bir yil böldi, lekin haligaça kadastr hujjati qilolmadik. MÇJ rahbari bankdan olgan kreditlarini tölolmagani uçun bank uylarni tortib olyapti. Bizning tölagan va ta’mirlaş uçun ketgan pullarimizni inobatga olişmayapti. Agar uyni olib qolmoqçi bölsangiz, boşqatdan töliq uyga tölov qilasiz, deyişyapti. Tölanmasa, boşqa xaridorga sotib yuborişar emiş».

Foto: Kun.uz

Aniqlanişiça, quruvçi mulkdorlarning köpçiligi kadastr hujjatlarini rasmiylaştirmagan. Turar joy majmuasida bitgan binolardan taşqari yana 3ta bino qurilişi yakuniga yetkazilişi kerak, lekin ayni paytda quriliş işlari töliq töxtatilgan.

Bundan taşqari, bölğusi egalarining xabarisiz köplab kvartiralar ikkinçi, hatto uçinçi şaxslarga qayta sotilgan. Jabrlanuvçilardan yana biri Ruşona Jörayevaning ta’kidlaşiça, 2021 yil 5-blok 4-qavatdagi 3 xonali xonadonga dastlab 17 mln söm miqdorda tölov qilgan. Unga dekabr oyida uy topşirilişi va’da qilingan. Ammo bino bitişi u yoqda tursin, quruvçi taşkilot tomonidan keyinroq yangi talablar qöyilgan.