Uçraşuvda jabrlangan fuqarolarning muammolarini hal etiş yuzasidan Hukumat komissiyasi tomonidan Boş prokuratura bilan hamkorlikda 2 ta holat böyiça takliflar bildirildi.

“Aziya Invest Favorit” MÇJ tomonidan 1 ming 106 nafar fuqaro bilan umumiy maydoni 61 ming 766 kv metr bölgan xonadonni sotiş böyiça şartnomalar imzolangan va fuqarolar tomonidan 163,4 mlrd söm naqd pul tölangan.

Bugungi kunga qadar 1 ming 106 nafar fuqarodan 1 ming 60 nafari Boş prokuraturaning tergov guruhi tomonidan jabrlanuvçi sifatida söroq qilinib, şartnoma va tölov kvitansiyalarining haqqoniyligi örganilgan. Qolgan 46 nafar fuqaro hali tergovçilarga kelib uçraşmagan (söroq qilinmagan). 1 ming 106 nafar fuqarodan 321 tasi (29  foiz) şartnomada körsatilgan summani 100 foizini, 202 nafar (18 foiz) 70 foizdan yuqori qismini, 298 nafar (27 foiz) fuqaro 50 foizdan – 70 foizgaça qismini, 228 nafar (21 foiz) fuqaro 30 foizdan – 50 foizgaça bölgan qismini, 51 nafar (5 foiz) fuqaro 30 foizgaça bölgan qismini tölagan. 6 nafar fuqaro umuman pul tölamagan.

Muammoni hal qiliş yuzasidan berilgan takliflarga köra, loyiha işlari – topşiriqqa muvofiq muammoni hal qiliş uçun Bektemir tumani “Iyk ota” massividan 11,4 gektar böş yer maydoni tanlandi va 1-bosqiçda uşbu yer maydonining 4,4 gektariga umumiy maydoni 61 ming 766 kv metr bölgan 1 ming 104 xonadonli 16 ta 9 va 12 qavatli temir-beton quyma monolit tipdagi uylar quriş böyiça loyiha taklifi tayyorlandi.

Quriladigan uy-joylarning tannarxini arzonlaştiriş maqsadida massivning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilişi va obodonlaştiriş işlarini respublika budjetidan amalga oşiriş taklif etiladi.

Massiv hududida mahalliy budjetdan ajratilayotgan 29 mlrd. söm mablağ hisobidan 990 örinli umumta’lim maktabi joriy yilda foydalanişga topşiriladi. Massivda boğça ham quriladi.

Mazkur hududda köp qavatli uylarni quriş uçun sohadagi yirik pudrat taşkilotlarining takliflar qabul qilingan. Ular orasidan “Özşahar quriliş invest” kompaniyasi, “Yangi zamon” MÇJ, “Gold step invest” MÇJlar tanlab olingan.

Köp qavatli uy-joylar qurilişini loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqib, ekspertizadan ötkaziş işlari joriy yil 1 oktyabrga qadar yakunlanadi.  Quriliş işlari loyiha işlari bilan parallel ravişda olib borişga ruxsat berilsa, joriy yil 10 avgustdan boşlanadi va uylar 2024 yil yakuniga qadar töliq foydalanişga topşiriladi.

Hukumat komissiyasiga jabrlangan fuqarolarga qurib beriladigan uy-joylarning 1 metr kvadrati narxi 6 million sömdan oşmasligi topşirildi.