Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Izzat köçasida qurilişi rejalaştirilgan uylardan sotib olib, pullariga kuyib qolgan fuqarolar hukumat binosi oldida yiğildi.

Ular bilan şaxsan boş vazir Abdulla Aripov suhbatlaşgan. Boş vazirga Toşkent şahar prokurori Erkin Yöldoşev hamrohlik qilgan.

Kun.uz bilan boğlangan fuqarolardan birining aytişiça, boş vazir şu yil 24 iyulga qadar qaror çiqarilişi, bank hisobiga ötgan barça 600 dan ortiq xonadonlar egalariga qaytarilişini aytgan.

Tez orada aholini rozi qiliş uçun barça çoralar körilişini ta’kidlangan.

Boş vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov telegram-kanalida xabar qilişiça, qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uçraşuv joriy yil avgust oyining birinçi ön kunligida ötkazilişi ma’lum qilingan.

Bundan oldinroq «AZIYA INVEST FAVORIT» MÇJ bilan Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Izzat köçasida qurilişi rejalaştirilgan uylardan birini sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar Kun.uz’ga murojaat qilib, oradan bir yarim yildan köproq vaqt ötganiga qaramay quriliş işlari hali boşlanmaganidan şikoyat qilişgandi.

Ularning aytişiça, MÇJ rahbari qamoqqa olingan bölib, işçi-xodimlar pullarini qaytarişni talab qilib borganlarga firma yopilganini aytişgan. Fuqarolar körgan zarar 300 mlrd sömdan ortiqni taşkil qiladi.

Mazkur masala yuzasidan Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzilgandi. Uşbu komissiyaga 20 iyulgaça örganiş işlarini yakunlab, natijasi yuzasidan tegişli xulosa va asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi yuklatilgandi.