6 iyul kuni “AZIYA INVEST FAVORIT” MÇJ bilan Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Izzat köçasida qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli uylardan kvartira sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar Kun.uz'ga murojaat qilib, oradan bir yarim yildan köproq vaqt ötganiga qaramay quriliş işlari hali boşlanmaganidan şikoyat qilişgandi.
Bundan taşqari, bir guruh fuqarolarning videomurojaatlari YouTube platformasiga ham joylaştirilgan, Telegram kanallarda xaridorlar va quriliş firmasi xodimlari örtasidagi mojaroli tortişuvlar aks etgan vileolar tarqalgandi.
Kun.uz'ning prokuraturadagi manbasiga köra, “AZIYA INVEST FAVORIT” MÇJ mansabdorlari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zarar hozirgaça aniqlangan ma’lumotlarga köra 300 milliard sömdan oşadi. Qonunbuzarlar jinoiy ta’qibdan qoçib yaşirinişganini bildirdi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tahririyatimizga yöllangan murojaatlarda aldangan fuqarolar quruvçilar avvalboşdan uy quriş niyatida bölmagani, uylarning kvadrat metri uçun poytaxt böyiça eng arzon narx belgilab, şu yöl bilan köpçilikni tuzoqqa tuşirişgani, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar uşbu firibgarlik sxemasi va ança oldin yöllangan şikoyatlarni e’tiborsiz qoldirişganini yozişgan.
Kun.uz'da e’lon qilingan maqola ortidan 6 iyul kuni zudlik bilan Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi qabul qilinib, Izzat turarjoy majmuasidan uy sotib olmoqçi bölib, aldanib qolgan fuqarolarning muammosini örganiş va ularni bartaraf etişga qaratilgan takliflar tayyorlaş böyiça Hukumat komissiyasi tuzilgani ma’lum böldi.
Muammoli vaziyatni tezkor hal qiliş va uy-joylar qurilişini töliq, sifatli va tezkor yakunlab foydalanişga topşiriş maqsadida tuzilgan komissiyaga boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov rais etib belgilangan.
Komissiya tarkibidan adliya vaziri, quriliş, içki işlar, favqulodda vaziyatlar, energetika va moliya vazirlarining örinbosarlari, Kadastr agentligi va Davaktiv direktori, Markaziy bank hamda Soliq qömitasi raislarining hamda Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosarlari, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği örin olgan.
Komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklangan:
- Köp qavatli uy-joylardagi tijorat banklari balansiga ötkazilgan xonadonlar böyiça ularni garovdan çiqariş hamda kredit ta’minotini pudrat taşkiloti ta’sisçilariga tegişli bölgan boşqa mol-mulklarga almaştiriş masalasini örganiş;

















