Neymarning bahosi ma’lum qilindi, Iniyesta esa Messining oldiga bormadi. Sönggi transfer xabarlari
|21:18 / 09.08.202327 9159 min
«Arsenal» yangi darvozabon olmoqda.
Yozgi transferlar davom etmoqda, yana bir qator futbolçilar özlariga yangi klub topişdi, yana bir qança transferlar hal bölişi kutilmoqda. Quyida sönggi kunlarning eng asosiy transfer xabarlari dayjesti.
Andres Iniyesta faoliyatini BAA çempionatida davom ettiradi
Uni Leo Messi bilan yana bir jamoada köriş umidi amalga oşmadi. Kamida şu yozda. Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubini tark etgan 39 yoşli yarimhimoyaçi kutilganidek «Inter Mayami»ga emas, BAAning «Emireyts» klubiga ötdi. Afsonaviy futbolçi bilan 2024 yil yoziga qadar şartnoma imzolangan.
«Tottenhem» bir kunda ikki transferni e’lon qildi
APL çempionatida yangi legionerlar. Birinçisi — niderlandiyalik 22 yoşli himoyaçi Mikki van de Ven. «Volfsburg» uning uçun 40 mln yevroga ega böldi, futbolçining özi bilan 2029 yilga qadar şartnoma tuzildi va unga 37-raqam berildi.
Ikkinçisi — argentinalik 19 yoşli hujumçi Alexo Velis. «Rosario Sentral» hisobiga bonuslardan taşqari 15 mln yevro borib tuşdi. Iste’dodli futbolçi bilan olti yillik şartoma imzolangan, u 36-raqam ostida öynaydi.
«Nyukasl»ning yana bir yirik transferi
Gap 20 yoşli öng qanot himoyaçisi Valentino Livramento haqida bormoqda. Uşbu yigitçani çempionşipga tuşib ketgan «Sauthempton»dan 37,2 mln yevro evaziga xarid qilişdi. «Avliyolar» yaxşigina foyda körişdi, çunki ikki yil oldin Tino uçun olti barobar kamroq tölangandi. Şartnoma 2028 yilga qalar tuzilgan.
«Latsio» Daniya çempionatining eng yaxşi töpurarini xarid qildi
Rimliklar çempionlar ligasi uçun tarkibni kuçaytirmoqda. Sarri jamoasi 22 yoşli vinger Gustav Isaksenni öz safiga qöşib oldi. U ötgan mavsumda Daniya çempionatida 18 gol urib, eng yaxşi töpurarga aylangandi, endi esa «Midtyullann» xazinasiga 12 mln yevro keltirdi. Isaksen va «Latsio» örtasidagi şartnoma beş yilga möljallangan.
Mavzuga oid
Neymar Saudiya Arabistoniga yöl olişi mumkin
Neymar «PSJ»ni tark etişi bilan boğliq yangi tafsilotlar paydo bölmoqda. L`Equipe şu kunlarda 31 yoşli braziliyalik parijliklar klubi rahbariyatini ketiş istagi haqida xabardor qilganini yozgandi. Futbolçining otasi buni rad etganiga qaramay, mediada boşqa ma’lumotlar paydo bölmoqda — xususan, Saudiya Arabistonidan bölayotgan qiziqiş haqida.
Aniq bir klub nomi keltirilmayapti, ammo Barca Universal portaliga köra, saudiyaliklar Neymarni yiliga 300-400 million yevrolik maoş bilan çaqirişmoqçi. Diario Sport esa undan ham hayratlanarli versiyani e’lon qildi: braziliyalik hujumçi Saudiya Arabistoni klubiga ötgaç, u yerdan «Barselona»ga ijaraga beriladi.
Kataloniyaliklar uni töğridan töğri transfer qila olmasligi aniq. Sky Sport ma’lumotiga köra, «PSJ» futbolçini transferga qöygan va uning sotuvidan kamida 58 mln yevro işlab olişni istaydi. Şu bilan birga, narx turli klublar uçun turliça böladi, kim uçundir narx 95 million yevrogaça yetişi mumkin. «Barselona»da esa na unisi, na bunisi topiladi.
«Bavariya» Keyn böyiça taklifni yaxşiladi
«Bavariya» Harri Keyn transferi böyiça «Tottenhem»ga yangi taklif yuborgan. Sky Spors ma’lumotiga köra, myunxenliklar «şporlar»ga 94,6 million funt sterling (120 million yevro atrofida) tölaşga tayyor. «Bavariya» transferni yaqin kunlar içida amalga oşirmoqçi.
Avvalroq jurnalist Mettyu Lou Keyn myunxenliklar klubi rahbariyati uçun dedlayn belgilaganini xabar qilgandi.
Öz navbatida, Evening Standard ma’lumotiga köra, «Tottenhem» «Bavariya»ning ötgan haftada yuborgan 100 mln yevrolik taklifini ham rad etganidan keyin, Keyn vaziyatni qayta körib çiqqan va fikrini özgartirgan: u endi London klubida qolişi mumkin. Göyoki 30 yoşli angliyalik hujumçiga jamoaning yangi boş murabbiyi Angelos Postekogluning öyin falsafasi ma’qul kelgan.
2022/23 yillar mavsumida Keyn londonliklar safida 49 öyinda maydonga tuşib, 32 gol urdi va 5 golga uzatma berdi. Forvardning klub bilan şartnomasi keyingi yil yozida yakunlanadi.
«Arsenal» «Bavariya» istagan darvozabonni öziniki qilmoqda
David Rayya «Brentford»ni tark etib, Angliya vitse-çempioni safiga ötadi. Fabritsio Romanoning yozişiça, 27 yoşli ispaniyalik darvozabon transferi töliq hal qilingan, transfer uçun 30 mln funt tölaydi, futbolçining özi esa 2028 yilga qadar amal qiluvçi şartnomaga ega böladi. Tibbiy körik keyingi haftaga möljallangan, şunday ekan, rasmiy taqdimot ham keyinroq bölib ötadi.
Bu vaqtda «Arsenal» ikkinçi darvozaboni Matt Ternerni 10 mln funt evaziga «Nottinghem Forest» klubiga pulladi. Amerikalik darvozabon yangi klubi bilan tört yillik şartnoma imzolagan.
«Çelsi» Vlahoviç transferini istamoqda
ESPN xabariga köra, şu yozda 60 mln yevroga xarid qilingan hujumçi Kristofer Nkunku «Borussiya» klubi bilan örtoqlik uçraşuvida jarohat olib, tört oyga safdan çiqqaç, «Çelsi» hujum çiziğiga Vlahoviçni olib kelişga qaror qilgan. «Yuventus»ning 23 yoşli hujumçisi — londonliklarning asosiy nişoniga aylandi. Transfermarkt serbiyalik forvard transferini 80 million yevroga baholagan.
Ammo turinliklar uşbu futbolçisini Romelu Lukakuga almaşişga ham tayyor böladi, bu holda londonliklar belgiyalik hujumçi ustiga ma’lum miqdorda pul qöşib berişi kerak.
Vlahoviç ötgan mavsumda «Yuventus» A seriyaning 27 öyinida qatnaşib, 10 gol urgan.
«Çelsi» yoş braziliyalik uçun 15 mln yevro tölamoqçi
Bu klubda transferlar uçun pul tugamayapti. Fabritsio Romanoning yozişiça, «Çelsi» yaqin kunlar içida «Santos»ning 18 yoşli hujumçisi Deyvid Vaşingtonni öz safiga qöşib oladi. Transfer summasi — 15 mln yevro, yana 5 mln yevro bonuslar körinişida tölanişi mumkin. Futbolçining özi bilan köp yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişilgan. Yagona intriga: Vaşington yangi mavsumda qayerda öynaşi bilan boğliq. U «Strasburg»ga ijaraga berilişi varianti istisno etilmayapti, Fransiyaning uşbu klubi ham «Çelsi»ning hozirgi xöjayini Todd Bouliga tegişli hisoblanadi.
«MYu» «Vest Hem»dan ikki futbolçisi böyiça taklif oldi
The Athletic naşri ma’lumotiga köra, londonliklar klubi 30 yoşli himoyaçi Harri Maguayr va 26 yoşli yarimhimoyaçi Skott Maktomineyni safiga qöşib oliş va bu futbolçilar transferi uçun 69,6 mln yevro tölaşga rozi. Hozirça «MYu» uşbu ikkitalik taklifga qanday yondaşişi aniq emas, ammo bu taklif oldinroq rad etilganidan ança yaxşiroq. Bu klub Maguayr uçun ma’lum miqdorda mablağ işlab olişiga sönggi imkoniyat bölişi ham mumkin.
Verratti böyiça savdolaşuv davom etmoqda
«PSJ»ning faxriy futbolçilaridan biri Marko Verratti ham fransuz klubini tark etişga yaqin. «Al-Ahli» 30 yoşli italiyalikni transfer qiliş harakatlarini töxtatmayapti va insayder Fabritsio Romanoga köra, özining oldingi taklifini yaxşilagan — 30 million yevrodan 45 million yevroga. Lekin «PSJ»dagilar bu borada qaror qilişga şoşilişmayapti — jamoa boş murabbiyi Luis Enrike Verrattini yangi mavsum uçun rejalariga kiritgan va uni qöyib yuborişga rozi bölmayapti.
«Bavariya» Kayl Uoker transferini amalga oşira olmadi
Bu transfer yaqin vaqtlar içida e’lon qilinadigandek körinayotgandi, ammo amalda bunday bölib çiqmadi. Florian Plettenbergning yozişiça, «Mançester Siti»ning 33 yoşli himoyaçisi bu yozda «Bavariya»ga ötmaydi. Avvaliga futbolçi tomonidan transferga rozilik bildirilganiga qaramay, muzokaralar töxtab qoldi. The Athletic xabariga köra endi Uoker qarorini özgartirgan va APLda qoladigan bölgan. Qolaversa, «Siti» unga yangi şartnoma taklif qilişi kutilmoqda.