Nukus tumanida joylaşgan Max Gaz Servis MÇJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» tomonidan Boş prokuratura, «Öztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida Nukus tumanida joylaşgan Max Gaz Servis MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida örnatilgan gaz sarfini ölçaş kompleksiga taşqi ta’sir körsatilgani ma’lum bölgan.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 854 million 433 ming söm (3 million 854 ming 433 metr kub)ni taşkil etgan.
Ma’lumot uçun, uşbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini taşkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.












