Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi çoğida Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida bölib, aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

«Hududda mingdan ortiq oila, jami 3 ming 600 nafardan ziyod aholi yaşaydi. Bu yerda amalga oşirilayotgan işlar odamlar uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, bandligini taʼminlaş va daromadini oşirişga qaratilgan.

Joriy etilgan “Smart mahalla” tizimi aholi murojaatlarini tezkor hal etiş, demografik maʼlumotlarni aniq yuritiş va infratuzilma holatini elektron nazorat qiliş imkonini berib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaşga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Investitsiya dasturi doirasida 4,5 milliard söm mablağ hisobidan 60 örinli zamonaviy boğça foydalanişga topşirildi. Mahalliy byudjetdan 1 milliard söm yönaltirilib, futbol va vorkaut maydonçalari barpo etildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Aholi daromadini oşirişda «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida asalariçilik asosiy yönaliş sifatida belgilangan. Hozirda mahallada 20 dan ortiq xonadonda asalari boqilmoqda. Bir xonadonda 50-100 ta asalari qutisidan yiliga 1 tonnagaça asal olinib, daromad topilmoqda.

Davlat rahbari mahallada yaşovçi Baxtiyor Jubayev xonadonida bölib, asalni qayta işlaş sexi va asalari qutilarini tayyorlaş jarayoni bilan tanişdi.

Bu yerda bir mavsumda 2 tonna qayta işlangan asal mahsuloti sotilib, yiliga 200 million söm atrofida foyda olinmoqda. Ustaxonada esa yiliga 250 tadan ortiq asalari qutisi tayyorlanib, qöşimça 80 million sömgaça daromad körilmoqda.

Yil yakuniga qadar Asalariçilar uyuşmasi tomonidan yana 100 ta xonadonda kooperatsiya asosida asalari boqişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu yana köplab oilalarni barqaror daromad manbayi bilan taʼminlaşga xizmat qiladi.

Prezident şu yerda hudud faollari, nuroniylar va yoşlar bilan muloqot qildi.

photo_2026-09-18_16-58-12
photo_2026-09-18_16-58-13
photo_2026-09-18_16-58-14