AQSh va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarida ishlash ko‘pchilikning orzusi. Sanoat gigantlari ulkan rejalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, ammo tegishli tayyorgarlik, bilim va tajribani ham talab etadi. Ularni prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan tashkil etilgan, IT Park Universityʼda (ITPU) olish mumkin.

Bahodir Ayupov, IT Park University bosh direktori:

 

— Zamonaviy dunyo bu – cheksiz imkoniyatlar va innovatsiyalar dunyosi. Agar sizda ilhom va motivatsiya bo‘lsa, dunyoning qaysi nuqtasida yashashingizdan qat’i nazar, istagan mamlakatingizda karera qilishga qodirsiz. IT Park University bu – AQSh va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarini orzu qiladiganlar maskani. Aynan shu yerda trendlar paydo bo‘ladi va texnologiyalar yaratiladi. Bizning amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvimiz ITPU bitiruvchilariga eng nufuzli xorijiy kompaniyalar eshiklarini ochish uchun mo‘ljallangan.

ITPU bitiruvchilari mehnat bozorida bir qator ustunliklarga ega: real keyslarga ega portfolio, xalqaro jamoalarda ish tajribasi, shu sohadagi ilg‘or yechimlar va texnologiyalar bo‘yicha bilimlar. Universitet bunga o‘quv jarayonining 3 ta elementi orqali erishadi.

1. EPAM software - muhandislari bilan o‘zaro aloqa: talabalar loyihasida tajribali murabbiy

IT Park University IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Uning muhandislari va ishlab chiquvchilari Forbes Global 2000 ro‘yxatidagi mijozlarning topshiriqlari ustida ishlashadi.

IT Park University talabalarining loyihalari kompaniyaning amaldagi software-muhandislari tomonidan nazorat qilinadi. Ular bilimlari bilan bo‘lishishadi, samarali ish usullarini taklif qilishadi, bo‘shliqlarni aniqlashga va ularni to‘ldirishga yordam berishadi. Tajribali o‘qituvchi bilan ishlash talabalarning mahoratlarini keskin o‘sishini ta’minlaydi.